Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/110
tarix27.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103602
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   110
Samarqand davlat arxitektura-qurilish

1.2. Uslubiy talablar:
-Katta hajmdagi o’quv materialini o’zlashtirish va qayta ishlash imkoniyatini berish, olingan
natijalarni tahlil qilish uchun grafik interpretasiyalardan foydalanish;
-ta’lim beruvchiga darsni mustaqil dars ko’rinishda o’tkazishga sharoit yaratish, bu holatda
ta’lim beruvchi maslahatchi rolida ishtirok etishini ta’minlash;
-ta’lim oluvchiga mustaqil o’rganish, zarur holatlarda misol, masala, laboratoriya ishlari va
topshiriqlarni mustaqil bajarishga sharoit yaratish;
-darslarga tayyorgarlikni o’qituvchiga qulay usulda amalga oshirishga imkoniyat yaratishi
(slayd, matn, videomaterial va h.k. tayyorlash imkoniyatini berish);
-o’rganiladigan o’quv materialini sistemali, mantiqiy ketma-ketligini, modulliligini va ular
orasidagi uzviylikni ta’minlash;
-o’qituvchiga ta’lim oluvchilar o’zlashtirgan bilim darajasini turli xil murakkablikdagi
(murakkablik darajasi shakllantiriladigan) nazorat dasturlari yordamida nazorat qilish
imkoniyatini berish zarur.
2. Ergonomik talablar:
- taqdim etiladigan o’quv materialining asosan monitor orqali taqdim etilishini hisobga olish;
- taqdim etiladigan o’quv materiali ta’lim oluvchini toliqtirmasligi;
- ta’lim oluvchiga “do’stona munosobatda” bo’lishi;
- kompyuter ekranida aks ettiriladigan o’quv materiali ta’lim oluvchiga aniq, ravshan, tez
o’zlashtirilishi va tushunarli bo’lishi;
- o’quv materialini taqdim etishda qisqartmalar va noaniq atamalar bo’lmasligi;
- o’zlashtriladigan material imkoniyat doirasida ta’lim oluvchining diqqatini jalb etishi;
- ta’lim oluvchi qayta ishlaydigan yoki ishlamoqchi bo’lgan materialnigina ko’ra olish
imkoniyati mavjud bo’lishi shart;
- taqdim etiladigan o’quv materiali ma’naviy-ma’rifiy va tarixiy an’analar, milliy qadriyatlar va
etnogenetik xususiyatlarni hisobga olishi shart.
- elektron axborot-ta’lim resursi bilan ishlashda psixologik qulaylikni ta’minlash
(o’rganuvchilarning yosh va individual xususiyatlari, fikrlashning turli xilligi va (foydalanilgan
ranglar, ovoz va ekranda yuz beradigan o’zgarishlar) ni hisobga olish);
- elektron axborot-ta’lim resursi bilan ishlashda qulaylikni ta’minlash, ta’lim oluvchini
toliqtirmasligi lozim (navigasiyaning qulayligi va aniqligi, ma’lumotni idrok etish osonligi,
zarur bo’lmagan, tushunish qiyin qisqartmalar va turli ortiqcha kodlardan foydalanmaslik;
qo’llaniladigan shriftlar, ranglar, ekranda ma’lumotlarni ayrim qismlarini ajratib ko’rsatish
usullari zerikishni keltirib chiqarmasli zarur);

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin