Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə79/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   139
Majmua 2023 yangi

Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar buyicha insho tayyorlash.

O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g’oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o’z qobiliyati va ehtiyojlarini to’la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e`tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo’lmaydi.


O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g’oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o’z qobiliyati va ehtiyojlarini to’la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e`tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo’lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o’rni uning o’ziga, salohiyatiga mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog’liq bo’ladi.
1993- yil 2- sentabrda «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan, qishloq, posyo’lka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari - qishloq, posyo’lka sovetlari tuzilmaydigan bo’ldi, ularning o’rniga o’zini o’zi boshqarish organlari - mahalla qo’mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko’rsatmaydi, ularning bog’liq tomonlari mavjud. Ular o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari „Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida» gi qonunda belgilab qo’yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashadi, o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yo’naltirib turadi.
Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining barcha muhim jihatlarini qamrab oluvchi, uning ham institutsional, ham funksional yo’nalishlarini ifodalovchi ilmiy modelni yaratish vazifasi turibdi. Mohiyat jihatidan «fuqarolik jamiyati» iborasi ilmiy adabiyotlarda o’ziga xos alohida mazmun-mano kasb etib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va manaviy jihatdan yuqori darajada kamol topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi.
Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta`minlanishi, hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va istedodining bevosita ro’yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan o’lchanadi. Jamiyatning «fuqarolik» sifati bilan tavsiflanishida boy mazmun va teran mano bor. «Fuqarolik» (erkin inson) degan sifat belgisida yuqori taraqqiy topgan, komillikning cho’qqisiga erishgan jamiyatning mohiyati aks etadi. Muayyan davlatga mansub bo’lgan fuqarolar yashaydigan mamlakat hali fuqarolik jamiyati, erkin va komil insonlar jamoasi mavjudligini anglatmaydi. Xuddi shuningdek, malum huquqiy tizim mavjud bo’lgan, huquqiy hujjatlar majmui amal qilayotgan har qanday davlat «huquqiy davlat» deb etirof etilavermaydi.



  1. Yüklə 2,66 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin