Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar buyicha slayd tayyorlash.
Prezident SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida aholi bandligi va daromadlari o‘sishini ta’minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirishga alohida e’tibor qaratdi. Xo‘sh, joriy yilda qishloq xo‘jaligi va uning tarmoqlarida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?
Tizim faoliyatini rivojlantirish, fermer-dehqonlar daromadlarini oshirish va aholi dasturxonini sifatli meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlash borasida kelgusida amalga oshiririladigan sa’y-harakatlar borasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjaev intervyu berdi.
- Prezidentimiz fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirmasdan turib, iqtisodiyotni barqarorlashtirib bo‘lmasligini ta’kidlagani bejizga emas. Xususan, mazkur jarayonda paxta va g‘alla etishtirish bo‘yicha davlat buyurtmasining bekor qilinishi hamda joylashtiruv mexanizmini bosqichma-bosqich devirsifikatsiya qilish belgilab qo‘yildi. Bu jarayon qanday amalga oshiriladi?
- 2020 yildan paxta va g‘alla uchun davlat buyurtmasining bekor qilinishi, darhaqiqat, hududlarda yashaydigan mamlakatimiz aholisining 60 foizi hayotida tub burilish yasaydi. Albatta, bu sohada strategik ahamiyatga ega, inqilobiy yangilik bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tashabbusi so‘nggi ikki yil ichida paxtachilik sohasi klaster tizimiga o‘tkazilib, endilikda ular bozor talablaridan kelib chiqqan holda erkin tarzda etishtirishlari belgilandi.
Xususan, Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 4 fevral kuni qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida klasterlarning huquqiy maqomini belgilash, ularni tanlash, fermerlar bilan munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning ochiq-oshkora mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Endilikda joylarda tajribali fermerlarimiz faoliyat yuritmoqda, yangi-yangi ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi klasterlari tashkil etilmoqda. Ular o‘z manfaatidan kelib chiqib, paxta etishtiradi, uni qayta ishlayda va eksport qiladi.
Shu maqsadda joriy yilda 81 ming gektar maydonga tajriba-sinov tariqasida fermerlar ishtirokida kooperatsiya tuzayapmiz. Bu orqali sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishni maqsad qildik.
SHuningdek, qisqa muddat ichida Prezident qarori, farmoni loyihasini ishlab chiqish bo‘ycha topshiriq berildi. Unga ko‘ra, yangi mexanizmlarni joriy etish vazifalari belgilanadi. Birinchidan, paxta dunyodagi narxdan kelib chiqqan holda sotib olinadi. Ikkinchidan, paxtaga reja belgilanmaydi, fermerlar va klasterlarimiz reja uchun emas, o‘zi uchun mexnat qilishni boshlaydi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda ham raqobat bo‘ladi. Qaysi mahsulot manfaatli, bozorbop va ehtiyojga qarab xaridori bo‘lsa, ko‘proq ekiladi. Ushbu talablarga javob beradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish tumanlar iqlim sharoitidan kelib chiqib ixtisoslashtiriladi.
– Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bu kabi tub islohotlarni bajarishda bevosita Vazirlikning zimmasida qanday vazifaalar belgilanadi? Umuman olganda, mazkur sa’y-harakatlarni amalga oshirishda kelgusida qanday rejalar belgilangan?
– Biz 2023 yilgacha ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish va o‘z vaqtida ekilishini ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish bo‘yicha oldimizga marra qo‘ydik. Davlat buyurtmasidan kechish jarayoni oson bo‘lmaydi. Buning uchun biz raqobatbardosh qishloq xo‘jaligini yaratishimiz kerak. Uch yil davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi fermerlarga yordam beradigan, ularga yaqindan ko‘maklashuvchi tashkilotga aylantirilishi kerak.
Bir necha oy ilgari davlatimiz rahbari tomonidan joylarda sohani o‘rganish bo‘yicha katta ishchi guruhi tuzildi. Ular bilan birgalikda viloyatlarda yuqori salohiyatli meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi, muzlatgichlari bor, qayta ishlovchi korxonalar vakillari bilan muloqot qildik. Qanday qilib biz bu tizimni yaratamiz? Diversifikatsiya qilishni faqatgina davlatning o‘zi qilolmaydi. Biz bozor iqtisodiyotiga o‘tganimizdan keyin uning o‘z egalari bo‘lishi kerak.
Meva-sabzavot etishtiruvchi va qayta ishlovchilari orasidan yangi tizim asosida ishlash uchun 150 nafardan ortig‘ini tanlab oldik. Biz ular bilan birga 2020 yil tajriba sinov tariqasida mahsulot etishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib boramiz. Buning uchun bir nechta vazirlik va idoralar aylanma mablag‘i ajratish, chet el bozorlarini o‘rganish va mahsulotlarni olib chiqishda ularga yaqindan yordam beradi. O‘ylaymanki, 2020 yil yakunida erishgan natijalarimiz xulosasi asosida ushbu tizimni butun respublikada joriy eta olamiz.
So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan meva-sabzavotchilikka juda katta e’tibor qaratildi. Xususan, qishloq joylarda intensiv bog‘dorchilik va sug‘orish tizimlari, zamonaviy issiqxonalar, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, kalibrovka, saralash va qadoqlash, muzlatkichli omborxonalar, umuman shunday logistik markazlar ishga tushirildi. Biroq, ular faoliyatini o‘rganganimizda, atiga 30-40 foizi amalda ishlayapti xolos. Sabab qayta ishlovchilar va dehqon-fermerlar orasida hamkorlik yo‘qligidir. Davlatimiz rahbari bunga alohida e’tibor berib, klasterlar va fermerlar o‘rtasidagi shartnomaviy bog‘liqlik yaratiladigan bo‘ldi. Endi klasterlar o‘zlariga biriktirilgan fermer xo‘jaliklariga sifatli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun talab etiladigan urug‘lik, ko‘chat, yoqilg‘i, mineral o‘g‘itlarni (azotli, fosforli, kaliyli) etkazib berishi, shuningdek, agrotexnik tadbirlarni zamonaviy bilimlar asosida, mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etishi zarur. SHundagina etishtirilgan mahsulotning xaridori bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |