Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə85/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   139
Majmua 2023 yangi

O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari mavzusi buyicha referat tayyorlash.

O‘zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini kengaytirish iqtisodiyotda davom etayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning muhim elementi bo‘lib, barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun muhim zamin bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasida mamlakat va uning mintaqalarini eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish modeliga o‘tish, jumladan, hududlarning eksport salohiyatini oshirish va qo‘llab-quvvatlash, ichki bozordagi tovar va xizmatlarni jahon bozorlariga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarurligi bayon etilgan.


Shu tufayli davlatimiz rahbari BMT bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidlab, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida qator konstruktiv g‘oya va tashabbuslarni ilgari surganligi bejiz emas.
Demak, O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bugungi kunda dolzarb vazifa hisoblanadi. Shularni inobatga olgan holda, mualliflar, O‘zbekiston bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash masalalarini mamlakat va uning mintaqalari iqtisodiy o‘sishining muhim manbai, deb hisoblashadi.

  1. O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni slayd.

O‘zbekiston bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berish ishning asosiy vazifalari: tashqi savdo aylanmasini baholash, mamlakatning raqobat ustunliklari va salohiyati, O‘zbekiston mintaqalararo hamkorligining tamoyillari va asosiy yo‘nalishlarini belgilash hisoblanadi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, mintaqalararo iqtisodiy hamkorlik faoliyat turlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning zamonaviy shakllarini joriy etish hamda mahalliy mahsulot va xizmatlarni sotish, xomashyo sotib olish, mamlakatlar mintaqalari o‘rtasida investitsiya va mehnat resurslari harakatida kuzatiladigan to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.
2017-2019 yillar bo‘yicha “Tovar va xizmatlar eksport, import” O‘zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo‘mitasining statistik byulletenlari axborot bazasi bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek bu jarayonni qiyosiy baholash, guruhlash, tizim va tizimli tahlil usullaridan foydalanildi.
2016 yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosatda iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning eng muhim elementlaridan biri O‘zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvining sezilarli darajada faollashuvi bo‘ldi. Mamlakat va uning mintaqalaridagi mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmini bosqichma-bosqich oshirish imkonini berdi.
2017-2019 yillarda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘lamini kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘ldi. Tahlil qilingan davrda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2,9 barobar oshdi, bu mamlakat savdo aylanmasining umumiy qiymati o‘sishidan yuqori (O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmi shu davr mobaynida 1,5 barobar oshdi) bo‘ldi. Natijada Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi savdodagi hissasi 2017 yilda 10,2% dan 2019 yilda 19,1% gacha oshgan bo‘lib, bu mintaqalararo iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashdan dalolat beradi.
Yagona energetika tizimining qayta tiklanishi O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga umumiy quvvatlardan foydalanish va energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish imkonini beradi. Yagona elektr energiyasi bozori iste’molchilarga oshkora narxlar belgilash imkonini beradi va a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo mintaqalaridagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar doirasida “suvning quyi qismi”dagi davlatlarda (Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston) suv tanqisligini bartaraf etish, “suvning yuqori qismi”dagi mamlakatlarni (Qirg‘iziston va Tojikiston) esa gidroelektr stansiyalaridan elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish orqali suv sarfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Shunday qilib, mintaqaviy va mintaqalararo iqtisodiy munosabatlarni yanada kuchaytirish Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona iqtisodiy bozorni yaratish, mintaqaviy va jahon bozorlarida mahsulotning raqobatbardosh-ligini oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, innovatsion jarayonlarni jadallashtirish, yagona ilmiy va ta’lim salohiyatini shakllantirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish orqali ularning taraqqiyotiga sezilarli ijobiy turtki beradi.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin