Samarqand davlat chet tillar instituti


O‘zbek davlatchiligining tarixiy bosqichlari (O‘zbekiston



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə75/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139
Majmua 2023 yangi

O‘zbek davlatchiligining tarixiy bosqichlari (O‘zbekiston hududidagi davlatlar tarixi misolida)


Qadimgi Baqrtiya, Qadimgi Xorazm, Qadimgi Sug’diyona davlatlarining ijtimoiy hayoti bo’yicha slayd tayyorlash.
“Katta Xorazm” muammosining asoschisi nemis olimi I. Markvart hisoblanadi.Olim Avestoda payg’ambar Zardusht vatani sifatida eslatiladigan “Aryanam Vayjo” bu Xorazm degan xulosaga kelib, Ahamoniylarga qadar Sharqiy Eron qabilalarining Xorazm yetakchiligidagi katta davlat birlashmasi mavjud bo’lganligi xususidagi farazni ilgari suradi.
“Katta Xorazm” g’oyasi o’tgan asrning 50-yillarda V.B. Xenning, F.Altxaym va I. Gershevichlar tomonidan rivojlantiriladi.
Amudaryoning quyi havzalarida Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi kashfiyotlari tufayli Ko’zaliqir, Qal’aliqir, Dingilja kabi qal’a-qo’rg’onlar topib o’rganilgach, S.P. Tolstov Gerodotda keltirilgan Akes daryosini Xorazm vohasiga joylashtirib, qadimgi Xorazm shaharsozlik madaniyatining paydo bo’lishi va rivojlanishi haqidagi konsepsiyani ko’tarib chiqdi va “Katta Xorazm” davlatining mavjud bo’lganligini asoslaydi. S.P. Tolstov fikriga ko’ra, Xorazmda Ahamoniylar imperiyasiga qadar xorasmiylar yetakchiligida o’troq aholi bilan ko’chmanchi sak-massaget qabilalarining harbiy-siyosiy ittifoqi sekin-asta yirik davlat darajasiga o’sib chiqqan.
V.M. Masson S.P. Tolstovning Xorazmda mil. avv. VIII-VII asrlarda dastlab qabilalarning harbiy konfederatsiyasi paydo bo’ldi, so’ng bu konfederatsiya davlat uyushmasiga o’sib chiqdi, degan tezisiga qarshi, Xorazmda bu davrda hali ibtidoiy qair dehqonchiligi va yaylov Chorvachiligiga asoslangan qabilalar xo’jaligi davom etardi, mavjud arxeologik materiallar tahlili Xorazmda Ahamoniylarga qadar markazlashgan davlatning tarkib topganligini tasdiqlamaydi, deydi. Bu davrda bunday davlat uyushmasi yirik sug’orish tizimi tarkib topgan Marg’iyonada, Baqtriyada paydo bo’lishi tabiiydir. Biroq, keyinroq V.M. Masson qadimgi Xorazm sivilizatsiyasiga bag’ishlangan maxsus maqolasida “Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasining tarixiy ildizlari Tozabog’yob madaniyati irrigatsiya dehqonchiligiga borib taqaladi ... Amirobod madaniyati esa moddiy madaniyat va sug’orma dehqonchilikda Tozabog’yob an’analarini davom ettiradi ... Quyisoy madaniyati komplekslarida Marg’iyona va Kaspiy bo’yi viloyatlari aholisining kulolchilik dastgohlarida yasalgan sifatli keramikasi uchrashi va bularning barchasi birgalikda mil.avv. VI-IV asrlarda Amirobod madaniyatining dehqonchilik xo’jaligi asosida qadimgi Xorazm sivilizatsiyasini shakllanishiga olib keldi”, deb yozadi.
Xorazmda dastlabki davlat birlashmasining tashkil topgan vaqti yuzasidan ham olimlar tomonidan turlicha fikrlar o’rtaga tashlangan. Xorazmning bronza davri arxeologiyasi mutaxassisi M.A. Itina buni mil.avv. VI asr boshlari bilan, O.A. Vishnevskaya va Yu.A. Rapoportlar esa mil. avv. VII-VI asrlar chegarasi bilan belgilaydilar.
Ahamoniylarga qadar Xorazmda sun’iy sug’orish tizimlarining ko’lami masalasiga to’xtalganda shuni ta’kidlash joizki, ushbu muammo yuzasidan juda katta ilmiy izlanishlar olib borgan B.V. Andrianov Xorazmda arxaik davrga oid kanallarning barpo etilishini mil.avv. VII-V-asrlar bilan sanalashtiradi.
Xorazm moddiy madaniyati va binokorligida yangi o’zgarishlar va oldingi davrlarda noma’lum bo’lgan madaniy an’analar mil. avv. VII-VI asrlar bilan bog’liq. Aynan shu davrda Xorazmda to’g’ri to’rtburchak xom g’isht va paxsadan qurilgan uy-joylar (Dingilja) va mahobatli qurilishlar (Ko’zaliqir, Qal’aliqir 1, Xazorasp) hamda hunarmandchilik ishlab chiqarishi markazlari (Xumbuztepa) paydo bo’ladi. Xorazm sopol idishlari O’rta Osiyoning janubiy mintaqalari (Sug’d, Baqtriya, Marg’iyona)dagi singari shaklga kiradi.
Tarixiy voqelikni tiklashda bir tomonlama yondashuv asosiy maqsaddan uzoqlashishga olib kelishi mumkin. Qadimgi Xorazm davlatchiligining paydo bo’lishi masalasida ham Shunday bir yoqlamalikka yo’l qo’yilgan. Chunki, “Katta Xorazm” gipotezasi Xorazmda arxeologik izlanishlar boshlanmasidan oldin paydo bo’lgan edi. So’nggi yillardagi arxeologiya fani qo’lga kiritgan ma’lumotlar esa bu g’oyani tobora tasdiqlamay qo’ymoqda. Chunki mintaqaviy xususiyatlardan kelib chiqib qadimgi Baqtriya, Sug’d, janubiy Turkmaniston, Shimoliy-Sharqiy Eron va Shimoliy Afg’oniston hududlarida o’ziga xos moddiy madaniyat, shaharsozlik madaniyati va davlatchilik tarkib topgan. “Katta Xorazm” gipotezasini esa XX asrning birinchi yarmida fanga olib kirilgan sof tarixiy emas, balki taxminiy farazlarga asoslangan ilmiy muammo deb hisoblash mumkin. Ahamoniylar istilosidan oldin Amudaryoning quyi havzasi-janubiy Orolbo’yi mintaqasida davlatchilik mavjud bo’lgan. Ammo bu davlat chegarasi Amudaryoning o’rta oqimi, bugungi Qoraqum va Qizilqum sahrolarigacha yetgan. Ushbu davlat birlashmasi mil. avv. VI asrning ikkinchi yarmida Eron ahamoniylari tomonidan bosib olinga.
Markaziy Osiyodagi yana bir qadimgi davlat uyushmasi– Baqtriya edi. Bu davlatning hozirgi Surxondaryo, qisman qashkadaryo viloyatlari, janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston hududlarida joylashganligi ma’lum. Bu davlat haqidagi dastlabki ma’lumotlar yunonistonlik tabib Ktesiy asarlarida uchraydi. Boshqa yunon salnomachisi Diodot esa Ktesiy ma’lumotlariga asoslangan holda Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga qilgan harbiy yurishlari haqida xabar beradi. Nin baqtriyaliklarga qarshi 170 ming piyoda 210 ming otliq askar to‘plab hujum boshlagan. Poytaxt Baqtra (hozirgi Balx) mustaxkam mudofa inshoatlariga ega bo‘lgan. Baqtriya hukmdori Oksiart esa vatan himoyasiga 400 ming kishilik qo‘shin to‘playdi. Dastlab Baqtriya qo‘shinlari Ossuriyaliklarga katta talafot keltiradi, lekin keyinchalik chekinishga majbur bo‘ladi va qo‘shinlarni bo‘lib shaharlar mudofasiga yuboradi.
Keyingi yillarda qadimgi Baqtriya xududida olib borilgan arxelogik tadqiqot ishlari natijalari Janubiy Baqtriyada Oltin-1 va Oltin-10, hamda Baqtra shahri vayronalari, Shimoliy Baqtriyada esa Kuchuktepa, qiziltepa, Talashkantepa, Bandixon-2 kabi yodgorliklar qadimgi Baqtriya podshohligi haqida qadimgi mualliflarning bergan ma’lumotlari to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi. Topilmalar bu davlatda yashagan aholi mustahkam mudofa devorlari bilan o‘rab olingan shahar tipidagi makonlarda yashab dehqonchilik, Chorvachilik va xunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanishganligini tasdiqlaydi. Baqtriya Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashganligi sababli qadimgi shahar madaniyati aynan shu hududda shakllangan. Gerodot Baqtriyani Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga oladi. qadimgi Baqtriya tabiiy boyliklari tufayli Xitoy, Hindiston, Misr, Bobil qatorida mashhur bo‘lgan. Masalan, Badaxshon lojuvardi (lazuriti) boshqa yurtlarda ham qadrlangan. “Avesto”da Baqtriya eng go‘zal o‘lkalardan biri sifatida ta’riflanadi. Unga qarashli Vaxsh vodiysi unumdor bo‘lib, dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan. Hunarmandchilikda ayniqsa zargarlik keng rivojlangan edi. Eronda saroy tabibi bo‘lib ishlagan yunon tarixchisi Ktesiyning yozishicha, Baqtriya miloddan avvalgi III–II asrlarda qudratli davlat bo‘lgan. Bu davlat bir qancha mahalliy hokimliklarni birlashtirgan harbiy demokratiya tipidagi davlat edi. Baqtriya hukmdorlari oltin va kumush tangalar zarb etganlar. “Baqtriya” nomi Esxilning eramizgacha bo‘lgan 472 yili sahnaga qo‘yilgan “Forslar” tragediyasida ham uchraydi. Ko‘plab mualliflar baqtriyaliklarga “ko‘p sonli”, “jangovar” va “botir” xalqsifatida tavsif beradilar.
“Avesto” hamda yunon mualliflarining guvohlik berishicha, Zarafshon va qashkadaryo vodiysida dehqonchilik bilanshug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hududSug‘da (“Avesto”da), Suguda (Behistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kurtsiy Ruf asarlarida esa Sug‘diyona deb nomlangan.
Sug‘diyona hududlari hozirgi O‘zbekistonningSamarqand, Navoiy, Buxoro va qashkadaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent, O‘ratepa va Xo‘jand yerlarini o‘z ichiga olgan. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qadimgi davlatlar ro‘yxatiga Sug‘diyona davlatini ham kiritish imkoniyati tug‘ildi. Miloddan avvalgi IX-VII asrlarga oid tarixiy-madaniy yodgorliklar Sug‘diyona hududlarida davlatchilik tarixi aynan mana shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi. Turli manbalarda Sug‘da, Sug‘uda, Sug‘diyona nomlari bilan mashhur bo‘lgan qadimgi tarixiy madaniy o‘lka hozirgi Zarafshon va qashqadaryo vohalarini o‘z ichiga oladi. Ilk davlatchilikning eng asosiy belgilaridan bo‘lgan ko‘hna shahar xarobalari So‘g‘diyonaning to‘rta joyida Yerqo‘rg‘on, Afrosiyob, Uzinqir, Ko‘ktepa) topib o‘rganilgan bo‘lib, ular hozircha O‘zbekistondagi eng qadimgi rivojlangan shahar madaniyatini o‘zida aks ettiradi.
Sug‘diyonada yashagan aholi yuksak dehqonchilik va Chorvachilik madaniyatiga ega bo‘lganlar. Bu yerda hunarmandchilik ham yaxshi rivojlangan. Yaqin-yaqinlarga qadar sug‘d kulolchiligi miloddan avvalgi VI-IV asrlardagi Eron axamoniylari kulolchilik sa’nati bilan bog‘lanar va uni ’’axamoniylar sopoli’’ deb atardilar. Keyingi 25-30 yil davomida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar Sug‘diyona kulolchiligi’’- miloddan avvalgi IX-VII asrlardayoq, rivojlanganligini isbotladi. Davlatning markazi Marokanda (Samarqand) bo‘lgan. Eng qadimgi shahar–Afrosiyob taxminan 2700–2800 yil muqaddam tashkil topgan. Sug‘d tili o‘sha paytlardayoq jahon savdo tili darajasiga ko‘tarilgan. Bu davlat qo‘shni mamlakatlar bilansavdo–sotiq, tijorat ishlarini yo‘lga qo‘ygan.



  1. Yüklə 2,66 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin