Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə72/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139
Majmua 2023 yangi

Parlamentning sud va nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari kuchaytirilmoqda
Yangi tahrirdagi Konstitusiyada O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi rahbarligiga nomzodlar avval Senatda ko’rib chiqilib, keyin Prezident tomonidan tayinlanishi, shuningdek, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organi va respublika monopoliyaga qarshi organi rahbarlari Senat tomonidan saylanishi amaliyotini joriy etish taklif etildi.
Maxsus xizmatlar faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati rahbarligiga nomzod Senat bilan maslahatlashuvlardan so’ng Prezident tomonidan lavozimga tayinlanishi belgilanmoqda.
Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari ham kuchaytirilib, parlament nazoratining muhim shakli bo’lgan parlament tekshiruvi instituti Konstitusiyada alohida mustahkamlab qo’yilmoqda.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida Sudyalar oliy kengashining barcha a’zolarini Senat tomonidan saylash tizimi kiritilmoqda.
Ayrim oliy mansabdor shaxslarning lavozimga saylanish yoki tayinlanish muddatlari bo’yicha cheklovlar belgilanadi.
Senat Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri, Oliy sud
va Sudyalar oliy kengashi raislari, ularning o’rinbosarlari,
Bosh prokuror, Markaziy saylov komissiyasi raisi, hokimlarni lavozimga ikki muddatdan ortiq saylash yoki tayinlashga cheklov kiritilmoqda.
Konstitusiyaviy sud sudyalarini qayta saylanish huquqisiz 10 yilga saylash tartibi belgilanmoqda (hozirda birinchi marta 5 yilga, keyin yana 10 yilga saylanadi).
Konstitusiyaga advokatura institutiga bag’ishlangan va advokatlar faoliyatining kafolatlarini mustahkamlovchi alohida bob kiritilmoqda. Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasi bo’lishi va qonun bilan muhofaza qilinishi mustahkamlanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining vakolatlari va funksiyalari, uning javobgarligi sezilarli darajada kengaytirilmoqda. Xususan, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, qulay investisiya muhitini yaratish, kambag’allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, aholini, shu jumladan, nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklar hamda biologik xilma-xillikni saqlash va boshqa sohalarda o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun mas’ulligi kengaytirildi. Bundan tashqari, Hukumat zimmasiga ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarini qo’llab-quvvatlash vazifalari yuklatildi.


Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish instituti bosqichma-bosqich bekor qilinadi
Mahalliy ijro etuvchi va vakillik hokimiyatining bo’linishi mamlakatda butun davlat boshqaruvi tizimini chuqur isloh qilish uchun asos bo’ladi. Shu asosda, mahalliy Kengash raisi bilan hokim lavozimini bir-biridan ajratish amalga oshiriladi.


Barcha masalalar yechimi chinakam xalq ovozi bo’lgan mahalla darajasiga tushiriladi
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi belgilab qo’yilmoqda. Konstitusiyamizda mazkur kafolatning belgilanishi mahallalarga o’z hududini mustaqil boshqarish, aholi manfaatlaridan kelib chiqib davlat bilan sheriklik asosida muammolarni hal etib borish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, aholi farovonligini ta’minlashga muhim imkoniyatlarni taqdim etadi.


Ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari yanada faol bo’lishi uchun keng imkoniyat va kuchli himoya taqdim etilmoqda
Xususan, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to’sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’lishi belgilanmoqda. Ushbu norma jurnalistlarning erkin, turli ma’muriy bosimlardan qo’rqmasdan faoliyat yuritishini ta’minlaydi hamda mamlakatimizda axborot erkinligini yanada yuksalishiga, jamiyatda ochiqlik va oshkoralik, qonuniylik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Pirovardida, davlat va jamiyat o’rtasidagi muloqotni mustahkamlashga, kuchli jamoatchilik nazoratini yo’lga qo’yishga va so’z erkinligini ta’minlashga erishiladi.
Shuningdek, Konstitusiyada ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo’lgan huquqlari kafolatlanmoqda.
Konstitusiyamizga ilk marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga bag’ishlangan alohida bob kiritilishi va ular faoliyati kafolatlarining belgilanishi jamiyatda ochiqlik, oshkoralik va qonuniylik muhitini, davlat va jamiyat o’rtasidagi muloqotni mustahkamlash hamda kuchli jamoatchilik nazoratini yo’lga qo’yish uchun mustahkam zamin hozirlaydi.

Sinov savollari.



  1. Harakatlar strategiyasidagi ustuvor vazifalar?

  2. Eliktron hukumat nima?

  3. Taraqqiyot strategiyasi bandlari nimalardan iborat?

  4. Yangi Konstitutsiyada qanday o’zgarishlardan iborat?

  5. Inson-jamiyat-davlat tushunchasi nimani anglatadi?

Foydalanilga adabiyotlar.



  1. Sh.Mirziyoyev Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi T.:”O’zbekiston” nashryoti 2022-y

  2. Bekmurodov M. va boshqalar. Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. T.: Gʻofur Gʻulom NMIU. 2017.

  3. SHarifxoʻjaev M. Oʻzbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi. – T.: SHarq, 2003.

  4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutq /SH.M. Mirziyoev. - Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2016. -56 b.

  5. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2017.-104 b.

  6. Mirziyoev SH.M.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-Yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi // Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi 07-12- 2016.-Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2017. -48 b.

  7. Mirziyoev SH.M. BuYuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2017.-491 b.

Elektron ta’lim resurslari:

  1. www.press-service.uz

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.xs.uz

  4. www.nimfogo.uz

  5. www.xdp.uz/

  6. www.adolat.uz/

  7. www.uzlidep.uz/


O'zbekistonning eng yangi tarixi fani bo'yicha seminar mashg'ulotlarining kalendar tematik rejasi


Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin