Samarqand davlat chet tillar instituti


Nazorat savollari va topshiriqlar



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə68/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   139
Majmua 2023 yangi

Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvi deganda nimani tushunasiz?
2. MDH qachon tuzildi?
3. Mustaqillik yillarida qaysi davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi?
4. Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarining yangi davrga o‘tishi deganda nimani tushunasiz?
5. O‘zbekiston Prezidenti 2021- yil 31- martdagi Turkiy kengashning norasmiy sammitida qanday takliflar kiritdi?
6. Qaysi davlatlar bilan strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarildi?
7. Pandemiya sharoitida qardosh davlatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalar rivojlandimi?
8. O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralariga munosabati qanday?
9. Mamlakat strategik taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishini nima bilan izohlaysiz?
10. Davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohasidagi yangicha islohotlar va yangilanishlarga baho bering.
Adabiyotlar ro’yxati
1.Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан қурамиз. Ш. Мирзиёевнинг Ўзбекистон Руспубликаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. Халқ сўзи, 2016 йил 15 декабрь.
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 27 июндаги «Обод маҳалла» дастури тўғрисида»ги ПФ- 5467-сонли Фармони. Халқ сўзи, 2018 йил 28 июнь.
3. Каримов И. Тинчлик ва осойишталик – барча ютуқ ва марраларимизнинг асосидир. Халқ сўзи, 2013, 10 май.
4. Туляков Э. Тараққиёт стратегияси маркази материаллари асосида. 2020 йил.
5. Усмонов М. Маънавий ва маданий меросни асрашнинг ҳуқуқий асослари. ЎзДСМИ хабарлари. 2018/1(5) –Б.4
6. Усмонов Қ. Ўзбекистоннинг жаҳон ҳамжамиятига интеграциялашуви. – Тошкент: Молия, 2003.
7. Файзуллаев Т, Саримсоқов А. Мустакил Ўзбекистоннинг ижтимоийиктисодий ривожланиши (ўқув-услубий қўлланма). - Наманган, 2013. –Б.185.
8. Ўзбекистон мустақиллик йилларида. - Тошкент: Ўзбекистон, 1996.
9. Ўзбекистон тарихи. Р.Ҳ.Муртазаеванинг умумий таҳрири остида. – 265 Тошкент, 2005.
10. Ўзбекистон халқининг дини, маданияти ва урф-одатлари: тарих ва ҳозирги ҳолат. - Тошкент: ТИУ, 2011.
11. Муртазаева Р.Ҳ. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатлар ва толерантлик. Дарслик. - Тошкент: Мумтоз сўз, 2019.
12. Янги Узбекистоннинг истеъдодли ёшлари, Илмий ишлар туплами, Иккинчи китоб. –Тошкент, Таълим нашриёти, 2021.
13. Холикулова Ҳ,Ю. Мустақиллик йилларида Ўзбекистоннинг ижтимоийиқтисодий, сиёсий, маънавий-маданий тараққиёти. (Ўқув қўлланма). – Жиззах, 2020.
12-Mavzu Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar.
Reja.
1. Harakatlar strategiyasi-Yangi O’zbekiston taraqqiyot poydevori.
2. Yangi O’zbekistonda Yangi Taraqqiyot strategiyasi.
3. Yangi Kanstitutsiya-Yangi O’zbekiston islohotlar asosi.
Tayanch so’z va iboralar: Harakatlar strategiyas. elektron hukumat.qonun ustuvorligini. liberallashtirish. ijtimoiy sohani. Xalq bilan muloqot. Yangi taraqqiyot strategiyasi.inson-jamiyat-davlat.
Har bir davrning o‘z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va hayotiy tamoyillari bo‘ladi. Tabiiyki, bularning barchasini shakllantirish va rivojlantirishga, ularga alohida ma’no-mazmun bag‘ishlashga, bu davrda davlat, jamiyat hayoti, ijtimoiy siyosiy institutlar faoliyatining aniq yo‘nalishlarini belgilab beradigan ulkan tarixiy voqealar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi 2017 yil 7 fevralda imzolangan Farmoniga muvofiq uni hayotga joriy etish bo‘yicha qonuniy tamoyil va mexanizmlar tasdiqlandi.2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb Yuritiladi) o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. 2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor «Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun» degan tamoyil va «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g‘oyaning, eng avvalo, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi. Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini Yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qild 7-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda ham, chet el ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham katta qiziqish va e’tibor bilan o‘rganilmokda. Bu borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va kuzatuvchilar, turli darajadagi ko‘zga ko‘ringan rahbarlar o‘z fikr- mulohazalarini bildirmokdalar. Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo‘nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat.
HARAKATLAR STRATEGIYASINING USTUVOR YO‘NALISHLARI:
1.Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan
2.Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan
3.Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan
4.Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan
5.Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat Yuritishga yo‘naltirilgann
1.Birinchi yo‘nalishda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida belgilab beriladi. Unda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, shu orqali qonun ustuvorligiga erishish asnosida jamiyatda boshqaruvning erkin va xalq hokimiyatchiligi tamoyillarini chuqurlashtirishga erishiladi. Davlat boshqaruvi tizimini liberallashtirish, turli bYurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat boshqaruvida keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq g‘oyalar ilgari suriladi. Ochiq jamiyat qurish, davlat va fuqaro munosabatlarini mustahkamlash va natijada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida muhrlab qo‘yilganidek, davlatning yagona va birdan-bir manbai xalq ekani, davlat xalq manfaatlarini himoya qilishi, ayni paytda xalq o‘z maqsad va intilishlarini, orzu-umidlarini davlat timsolida ko‘rishi kabi prinsip va qoidalarni to‘liq amalga oshirishi asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari, shuningdek, har bir davlat organida tashkil etilgan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha maxsus bo‘linmalar aholi bilan ishlashning sifat jihatidan yangi samarali tizimini shakllantirishga xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi davlat boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, «Elektron hukumat» va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, iqtisodiyotga ma’muriy ta’sirni qisqartirish hamda boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhiti va qulay investitsiya iqlimini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.
2. masala. Ikkinchi yo‘nalish qonun ustuvorligini ta’minlash va sud- huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan iborat. Bunda sud hokimiyatining chinakam samaradorligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifa qilib qo‘yildi.
Mazkur yo‘nalishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish orqali inson manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to‘la va samarali ishlashi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga jiddiy e’tibor beriladi. Oliy sud faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, hozirgi kun talablari asosida ishlaydigan tizimini vujudga keltirish borasida yangi g‘oyalar ilgari surildi. Jumladan, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish orqali adolatli, xalqchil, fuqarolar manfaatlarini to‘la himoya qila oladigan, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal qilib beradigan sud tizimini vujudga keltirish talab etiladi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish, eng muhimi, turli huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilmasligi choralarini ko‘rish, profilaktika tizimini yanada chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, qonunga rioya qilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud va sudlovning Yuksak madaniyatiga erishish yo‘l-yo‘riqlari aniq-ravshan aks ettiriladi. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish orqali sud-huquq organlarini «jazolovchi organdan fuqarolar manfaatini himoya qiladigan, ularning kundalik yumushlariga yordam beradigan, har qanday muammolarini qonun doirasida xal qilib beradigan xizmatlar organiga aylantirish» (Islom Karimov) mexanizmining yuqori saviyada ishlashini ta’minlash bo‘yicha amaliy echim va takliflar ilgari suriladi.
O‘tgan davr mobaynida Sud-huquq tizimida sudlarning haqqoniy mustaqilligini ta’minlash, sud kadrlarini tanlab olishning demokratik va shaffof mexanizmini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Joylarda ma’muriy va iqtisodiy sudlarning tashkil etilganligi odil sudlovga erishish darajasini oshirish imkonini berdi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimini isloh qilish, huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktika qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatda jinoyatchilikning umumiy ko‘rsatkichi 15,7 foizga kamayishiga erishildi, 1,2 ming mahallalarda birorta jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Ilgari, asosan xavfsizlikka xavf-xatar va tahdidlar oqibatlariga qarshi kurashish bilan cheklangan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga yondashuvlar konseptual qayta ko‘rib chiqildi. Mazkur muammolarni hal qilishda, birinchi navbatda, yoshlarning huquqiy madaniyati va ma’naviyatini Yuksaltirish orqali odamlarning ongi uchun kurashish ustuvor vazifa etib belgilandi. O‘z taqdirini O‘zbekiston bilan bog‘lagan, mamlakatimiz farovonligi yo‘lida halol va vijdonan mehnat qilayotgan, o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga aylanib qolgan fuqarolarning hayotiy muhim masalalarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan davrda 1 243 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
3. masala. Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifoda etadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini oshirish, mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish bosh vazifa qilib qo‘yilgan.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar xosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir mahsulotlar etishtirish orqali jahon bozoriga chiqishning yangi yo‘nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka ega lik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni rag‘batlantirish mo‘ljallanmokda. Viloyat, tuman va shaharlarni ularning tabiiy-geografik imkoniyatlari, er sharoiti va dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan holda, hududiy ehtiyoj va manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko‘rish belgilangan.
2017 yilda mamlakatimizda iqtisodiy sohada keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi, eng avvalo, O‘zbekistonning o‘z majburiyatlarini bajarish va chet el hamkorlarining daromadlarini repatriatsiya qilish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi milliy valyuta erkin konvertatsiyasining joriy etilganligi bu borada muhim qadam bo‘ldi.
Davlat byudjetini shakllantirishning tamomila yangi prinsiplari va mexanizmlari joriy etildi, uning daromad va xarajatlari shaffofligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat aktivlarini boshqarishning samaradorligini oshirish va byudjetning daromad qismini ko‘paytirishga qaratilgan ishga solinmagan zahiralardan foydalanish choralari ko‘rildi.
Birinchi bosqichda — uzoq muddatli (10-15 yilga mo‘ljallangan) tarmoq, hududiy va maqsadli rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, ikkinchi bosqichda — tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfellarini tuzish, uchinchi bosqichda — rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishning mutlaqo yangi tartibi tasdiqlandi.
4.masala To‘rtinchi yo‘nalishda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan. Bunda aholi bandligi va uning real daromadlarini nzchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat faoliyatining yangi shakl va turlarini joriy etish nazarda tutilmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda. SHuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash, hayot sharoitlarini yaxshilash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni modernizatsiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va munosib turmush darajasini ta’minlaydigan Yuksak madaniyatli yashash sharoitiga erishish chora-tadbirlarini ko‘rish eng muhim vazifa qilib qo‘yilgan. Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirishga, har tomonlama barkamol, etuk inson - yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun choralar bilan takomillashtirishni taqozo etadi. O‘tgan davr mobaynida ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar, birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lig‘ini saqlashni kuchaytirish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligi va real daromadlarini oshirish, arzon ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlashga qaratildi.
2017 yilda shaharlar va qishloqlarda umumiy turar-joy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunaviy va ko‘p qavatli uylar qurildi. Turar joy qurilishi hajmlari 2010 yilga nisbatan 3,5 baravarga oshdi.
Xalq bilan muloqot natijalari bo‘yicha 11 yillik umumiy o‘rta ta’limni qayta tiklash haqida qaror qabul qilindi, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning shaffof mexanizmlari joriy etildi va kvotalar jiddiy ravishda oshirildi. Oliy o‘quv Yurtidan keyingi ta’lim tizimi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.
Beshinchi yo‘nalish xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlash, chukur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor vazifalar bilan bog‘liq bo‘lib, bunda dunyo qalqib turgan, turli mintaqalarda urush davom etayotgan, qon to‘kilayotgan bir sharoitda milliy xavfsizlikni ta’minlashga jiddiy e’tibor berish eng muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. O‘ndan ortiq diniy konfessiyalar, 130dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan O‘zbekis- tonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro ishonch, bir-birini tushunish, turli e’tiqod va madaniyatlarni hurmat qilish singari bag‘rikenglik fazilatlarini yanada chukurlashtirishning ahamiyati beqiyos ekanligi ta’kidlanadi. O‘zbekiston deb atalgan umumiy xonadonimiz, 32 millionli oilamiz istiqboli uchun diniy e’tiqodi, milliy mansubligi, kasbu kori va yoshidan qat’i nazar, har bir fuqaro mas’ul ekanini anglash, farzandlarimizni shu ruhda tarbiyalash asosiy vazifa etib belgilangan. O‘zbekistonning tashqi siyosatida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suverenitetini, hududiy yaxlitligini hurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanib, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish muhim vazifa qilib qo‘yilgan. O‘tgan davr davomida Millatlararo tinchlik va totuvlikni, puxta o‘ylangan va o‘zaro manfaatli tashqi siyosat amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilganligi natijasida qo‘shni davlatlar bilan ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yildi, Markaziy Osiyo hududida savdo- iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Faqat 2017 yilda 21 ta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi, 60 ta davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, 400 dan ortiq kelishuvlarga erishildi, 60 milliard AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi bitimlar imzolandi. Aytish mumkinki, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘tgan 25 yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, keyingi besh yilga va undan keyingi davrga mo‘ljallangan tarixiy taraqqiyotning yangi ufqlarini ochib berishga qaratilgan bo‘lib, u o‘zining mohiyat e’tibori bilan O‘zbekistonni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarishni ta’minlaydigan strategik dasturdir.
2.Masala Mamlakatimizda 2021-yili boʻlib oʻtgan ­Prezident saylovi davomida davlatimiz rahbarining “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi, birinchi navbatda, Tadbirkorlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiya­si elektorati oʻrtasida keng muhokama qilindi. Oʻz navbatida, saylovoldi uchrashuvlarida Taraqqiyot strategiyasi oʻziga xos umumxalq muhokamasidan oʻtkazildi. Shu maʼnoda, oʻtgan yil 9-sentyabrdan — 5 noya­brga qadar davom etgan bu jarayonni Yangi Oʻzbekis­ton taraqqiyot strategiyasi loyihasi muhokamasining birinchi bosqichi sifatida qayd etish mumkin. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “El-yur­timiz biz boshlagan xalqchil islohotlarga bugun xayrixohlik va qatʼiy ishonch bilan qarab, ularning hosili va samarasini tezroq koʻrishni istamoqda. Ana shu haqli talabni inobatga olgan holda, biz Yangi Oʻzbekis­ton taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqib, saylov jarayonida uni oʻziga xos umumxalq muhokamasidan oʻtkazdik”. “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nom bejiz tanlanmagan. Bu nom, avvalo, mazkur Taraqqiyot strategiyasi — 2017-yil fevralida tasdiqlangan va keyingi besh yil ichida hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasining yangi bosqichdagi mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar strategiyasidagi har bir yoʻnalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy, keng koʻlamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yoʻnalishlarda muhim natijalarga erishish koʻzda tutilmoqda. Yetti ustuvor yoʻnalish — inson qadrini taʼminlash timsoli Oʻz navbatida, xalqimizning toʻla ishonchi bilan qayta saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqi “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasining ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu bosqich 2021-yilning 6-noyabridan 29-dekabrigacha davom etdi. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida bayon etilgan yangi gʻoya va tashabbuslar saylovchilar, butun xalqimiz bildirgan taklif, fikr hamda mulohazalar bilan umumlashtirilishi va takomillashtirilishi hisobiga yanada sayqal topdi. Natijada uchta hujjat:
birinchidan, Prezidentimizning “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni;
ikkinchidan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi;
uchinchidan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi loyihalari ishlab chiqildi.
Xususan, agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yoʻnalish belgilab olingan boʻlsa, taraqqiyot oʻzgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi koʻzda tutilgan holda, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yoʻnalish qoʻshildi. Shunday qilib, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yoʻnalish nazarda tutilgan. Bu — bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu ­niyatni roʻyobga chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar”. Taraqqiyot strategiyasida Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar, xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham keltirilgan. Misol uchun, Harakatlar strategiyasini ijro etish uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa Harakatlar strategiyasi yakuniga kelib, Yangi Oʻzbekiston poydevorining huquqiy asoslari yaratildi. Kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida bir qator konsepsiya va dasturlar, 13 ta kodeks, 12 ta qonun, yaʼni har bir ustuvor yoʻnalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi koʻzda tutilgan. Binobarin, yangi hujjat — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi Oʻzbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026-yilgacha boʻlgan davrni qamrab oladi va yilma-­yil amalga oshirib boriladi.
Xalq fikridan sayqal topgan Taraqqiyot strategiyasi
Har uchala hujjat loyihasi oʻtgan yil 30-dekabr kuni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Shu tariqa “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasining uchinchi bosqichi 2021-yil 30-dekabrdan jamoatchilik muhokamalari yakuniga yetgan sana, yaʼni 2022-yil 15-yanvargacha boʻlgan davrni qamraydi. Ushbu muhim hujjat loyihalari 2022-2026.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz elektron platformalari orqali keng jamoatchilik oʻrtasida muhokama uchun joylashtirilgani yurtdoshlarimizga oʻz takliflarini bildirishi uchun qulay imkoniyat tugʻdirdi. Natijada qizgʻin va jiddiy muhokamalar asnosida faqatgina elektron platformalar orqali jami 17 ming 535 ta taklif kelib tushdi. Jamoatchilik muhokamalari milliy va xalqaro miqyosda keng tashkil etilgani diqqatga loyiq. Milliy muhokamalarning oʻzi ham bir nechta yoʻnalishda oʻtkazildi. Avvalambor, Taraqqiyot strategiyasi parlament yoʻnalishida — Oliy Majlis palatalari majlislarida, qoʻmita va komisssiyalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Yoshlar parlamentlarida muhokama qilindi. Shuningdek, davlat organlari masʼul xodimlari, soha mutaxassislari, olimlar, professor-oʻqituvchilar, turli soha vakillari ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan konferensiya, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi. Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, fuqarolik jamiyati faollari alohida namuna koʻrsatdi. Muhokama jarayonlariga xorijdagi vatandoshlarimiz ham keng jalb etildi. Bundan tashqari, Taraqqiyot strategiyasiga xalqaro darajada va xorijiy ekspertlar tomonidan faol hamda yuksak baholar berildiki, bu haqda alohida toʻxtalamiz. Qolaversa, internet, televideniye, radio va matbuot nashrlarining imkoniyatidan unumli foydalangan holda, muntazam ravishda jamoatchilik muhokamalari oʻtkazib borildi. Shu qamrovdor jarayonlarda bildirilgan barcha taklif va fikr-mulohazalar tegishli soha mutaxassislari tomonidan diqqat bilan oʻrganib chiqildi. Natijada minglab takliflar Taraqqiyot strategiyasini tegishli ravishda boyitishga toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat qildi. Bunga birgina yaqqol misol: “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilinganida 94 ta maqsaddan iborat boʻlgan. Jamoatchilik muhokamalari yakunidan soʻng Taraqqiyot strategiyasidagi ushbu maqsadlar soni 100 ta etib belgilangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek, “Davlat — inson uchun” degan ezgu gʻoyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraq­qiyot strategiyasini bevosita xalqimiz bilan maslahatlashib, odamlarimizning fikr va takliflari asosida ishlab chiqdik”.Tarixiy dasturulamal hujjatning uch ahamiyati Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining maʼno-mohiyati haqida soʻz borganda, uning qu­yidagi uchta darajada namoyon boʻladigan tarixiy ahamiyatini alohida taʼkidlash lozim. Birinchisi — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining milliy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar va eng muhim vazifalarning atrof­licha tahlili shundan dalolat beradiki, yangi
Oʻzbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Yaʼni “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri — oliy qad­riyat”, degan tamoyil eʼtirof etilmoqda.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida yillar davomida amal qilib kelgan “davlat — jamiyat — inson” tamoyili “inson — jamiyat — davlat” tamoyiliga oʻzgartirilmoqda. Yanada sodda qilib aytganda, Oʻzbekistonda har bir fuqaroning qadrini yuksaltirish va farovonligini oshirish zarurligiga urgʻu berilmoqda. Eng asosiysi, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7 ustuvor yoʻnalishning bosh gʻoyasi — inson qadrini taʼminlash. Chunki ­Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy gʻoya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi. Inson qadrini joyiga qoʻyishni qonuniy va tashkiliy-huquqiy yoʻllar bilan hayotimizning barcha sohalarida milliy, mintaqaviy va xal­qaro hamkorlik darajalarida qanday qilib amalga oshirish kerak? Taraqqiyot strategiyasida bu dolzarb savolga juda koʻplab aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy javoblar bor. Ikkinchisi — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining mintaqaviy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida koʻzda tutilgan maqsadlarda Markaziy Osiyo xalqlari oʻrtasida yaqin qardoshlikni qadrlash, qoʻshni mamlakatlar bilan manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishish boʻyicha muhim vazifalarga alohida eʼtibor qaratilgan. Uchinchisi — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining xalqaro (global) darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida BMT organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliya­tni kuchaytirish, xususan, iqlim, ekologiya, terrorizm, korrupsiya, migratsiya, kambagʻallik kabi global muammolarni hal etish borasida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish haqida soʻz borgan. Yaʼni Oʻzbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo hamjamiyatiga keng tanitish bilan bogʻliq ibratli amaliyotni izchil davom ettirish lozim. Bunda Oʻzbekiston rahbariyatining BMT doirasidagi tashabbuslarini amalga oshirishni taʼminlash, BMT va uning muassasalari bilan iqtisodiy-moliya­viy va konsultativ hamkorlikni rivoj­lantirish, ayniqsa, ulkan ahamiyat kasb etadi. Taraqqiyot strategiyasida, shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish, BMTning “Inson huquqlari yoʻlida harakatga daʼvat” tashabbusini ilgari surish uchun barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish istiqbollari koʻrsatib berilgan. Shu nuqtayi nazardan, Yangi Oʻzbekiston taraq­qiyot strategiyasining nafaqat nomlanishi, ayni chogʻda unda belgilangan ustuvor yoʻnalishlar va muhim vazifalar ham milliy yoki mintaqaviy miqyosdagina emas, balki global darajada ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan uygʻun va hamohangdir. Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi: xalqaro va xorijiy ekspertlar bahosi Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi hamkor xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, butun jahon hamjamiyatida katta qiziqish uygʻotmoqda. Bir qator nufuzli xorijiy va xalqaro ekspertlar tomonidan Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli va shiddatli islohotlar samaralari eʼtirof etilgan holda, ushbu yangi tarixiy hujjatning loyihasigayoq yuksak baholar berildiki, ulardan ayrimlariga toʻxtalamiz. Mamlakatimizga 2021-yil 28-noyabr — 7-dekabr kunlari tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilish masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachisi Fionnuala Ni Aolayn Oʻzbekistonning qonun ijodkorligi va xalqaro hujjatlar qabul qilishda tashabbuskorlik koʻrsatish sohalarida yetakchi ekanini eʼtirof etgan holda, xususan, “Mehr” operatsiyasi doirasida fuqarolarni mamlakatga qaytarish, reabilitatsiya va reintegratsiya qilish borasidagi saʼy-harakatlarimizni yuksak baholadi. Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi ­Martin Chungong Prezident Shavkat Mirziyoyevning milliy parlamentlarning rolini oshirishga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini toʻla qoʻllab-quvvatlashi haqida bayonot berdi. Bu oʻrinda davlatimiz rahbarining: birinchidan, BMT Bosh Assambleyasining Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda va inson huquqlarini himoya qilishda parlamentlarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish; ikkinchidan, joriy yilda Oʻzbekistonda Ayol-spikerlar jahon sammitini oʻtkazish; uchinchidan, Yoshlar parlamentlarini rivoj­lantirish boʻyicha tashabbuslarni ragʻbatlantirish va bu borada yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga doir tashabbuslari nazarda tutilmoqda. Oʻz navbatida, Jeneva diplomatik doiralari prezidenti Rober Blum taʼkidlashicha, Oʻzbekis­ton Prezidenti ilgari surgan xususiy mulk va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, xususiy sektorni ragʻbatlantirish boʻyicha yangi tashabbus­lar mamlakatning iqtisodiy oʻsishiga va aholi farovonligi oshishiga olib keladi. Xalqaro “Diva International” jurnali bosh muharriri Marit Foss esa, Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻzini tom maʼnodagi demokrat sifatida namoyon etayotganiga eʼtibor qaratgan. Xalqaro ekspert qayd etishicha, Oʻzbekiston Prezidentining asosiy maqsadi — inson qadrini taʼminlash. Bu, oʻz navbatida, inson huquqlarini himoya qilishni anglatadi. Mamlakatda nomarkazlashtirish siyosati olib borilayotgani, yaʼni markaziy davlat organlarining ayrim muhim vakolatlari mahalliy hokimiyat idoralariga oʻtkazilayotgani toʻgʻri va oqilona yoʻldir. Fransiyaning “Newly” onlayn nashri yozishicha, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi mamlakat milliy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab beradi. Ayniqsa, “inson — jamiyat — davlat” ustuvor tamoyili jamiyatda ijtimoiy muhitni tubdan oʻzgartirishning muhim mezoniga aylanadi. Davlatimiz rahbarining Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturini amalga oshirish istiqbollari haqidagi nutqini tinglash asnosida bizda ham bir qator fikrlar tugʻildi. Prezidentimiz Davlat dasturi toʻliq bajarilishi va kutilgan samaralarni berishi uchun uning mazmun-mohiyatini keng targʻib etish zarurligiga alohida eʼtibor qaratgani bejiz emas. Shu maqsadda milliy darajada: taʼlimning maktablardan toki oliy oʻquv yurtlarigacha boʻlgan barcha bosqichlarida “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” kitobi boʻyicha milliy insholar tanlovini oʻtkazishni taklif etamiz. Bu tadbir yoshlarimiz ongu shuurida vatanparvarlik, milliy gʻurur ­gʻoyalarini mustahkamlab, kuchli gʻoyaviy immunitet hosil boʻlishiga xizmat qiladi. Xalqaro darajada: “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” mavzusida gibrid shaklida xal­qaro forum oʻtkazish lozim. Ayni yoʻnalishda turli siyosiy-diplomatik tadbirlar tashkil etilishi ham ayni muddaodir. Xulosa qilib aytganda, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini hayotga izchil tatbiq etish jarayonlari Shavkat Mirziyoyev ikkinchi marta ­Oʻzbekiston Prezidenti lavozimini rasman bajarishga kirishgan sanadan boshlangan. Shundan soʻng orada oʻtgan 80 kun mobaynida 6 ta qonun, Prezidentning 7 ta farmoni va 17 qarori qabul qilindi.
3-Masala. Yangi tahrirdagi Konstitusiya O’zbekiston jamiyatining evolyusion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo’lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g’oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo’lidagi ulkan qadamdir. So’nggi olti yilda erishgan yutuqlarimizni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so’z va e’tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani, qo’shnilarimiz bilan oramizdagi 25 yillik “muzlar erigani” va boshqa ijobiy harakatlar ortga qaytmasligining konstitusiyaviy himoyasini ta’minlash zarur. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ularni, albatta, Konstitusiyada muhrlab qo’yish talab etilmoqda. Hammamiz guvohi bo’layapmizki, dunyoda har kuni kutilmagan xavf-xatar va tahdidlar yuzaga chiqyapti. Bugungi ziddiyatli jarayonlar, iqtisodiy qarama-qarshiliklar qachon va nima bilan tugashini bashorat qilib bo’lmaydi. Hatto, ayrim davlatlarning dunyo xaritasida qolish-qolmasligi savol ostida qolayotgani ham sir emas. Jahondagi qariyb 100 million odam o’z hayotini saqlash uchun boshqa yurtlarda boshpana izlab yurgani, oziq-ovqat yetishmasligi, energiya resurslari taqchilligi, pandemiya kabi global muammolar rivojlangan davlatlar aholisini ham jiddiy o’ylantirmoqdaki, bularning bari bizga ham ta’sir ko’rsatmasligi mumkin emas. Qolaversa, mintaqamizdagi vaziyat ham bizni jiddiy tashvishga solmay qo’ymaydi: yonginamizda qariyb 50 yillik notinchlik davom etyapti. E’tibor bersak, mamlakatimiz har jihatdan katta davlatga aylanmoqda. Aholimiz 2040 yilga borib 50 millionga yetadi, jamiyatning yarmidan ko’pini yoshlar tashkil qiladi. Ularga munosib hayot sharoiti yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo’lishi lozim.
Bular va boshqa ko’pdan-ko’p muammolar yechimi mustahkam huquqiy poydevorni – O’zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitusiyasini taqozo etadi.

Bir narsani alohida aytish kerakki, Konstitusiyaning bu matni olim-u mutaxassislar tomonidan faqat kabinetlarda yaratilmadi. Balki, dastavval ikki bosqichda xalqimizning fikri, takliflari o’rganildi, shundan so’nggina Konstitusiya loyihasi tayyorlandi. Avvallari esa Konstitusiya qabul qilishda dastlab loyiha ishlab chiqilib, keyin xalq muhokamasiga qo’yilardi.


birinchi bosqichda Konstitusiya loyihasini shakllantirish uchun fuqarolarimiz 60 mingdan ziyod taklif berishdi. Ularning taxminan har to’rttasidan bittasi loyihadan joy oldi;
ikkinchi bosqichda Konstitusiya loyihasi umumxalq muhokamasiga qo’yildi. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmoqlari orqali loyiha bilan 5 million aholi tanishib, 150 mingdan ortiq taklif va mulohazalar aytildi.
Shu bilan birga, mehnat jamoalari, oliygohlar, mahalla faollari va ziyolilar bilan bo’lib o’tgan muhokamalarda ham yana qariyb 10 mingta qo’shimcha taklif kelib tushdi. Ayni paytda xalqaro-huquqiy hujjatlar va 190 dan ortiq davlatlar tajribasi o’rganildi, loyiha 6 turdagi ekspertizadan o’tkazildi.
Bularning hammasi yangi tahrirdagi Konstitusiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani, Yangi O’zbekistonni qurish g’oyasi atrofida butun jamiyat jipslashgani, Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitusiyasi bo’layotganidan dalolat beradi.
YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUSIYA

Konstitusiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi.




KONSTITUSIYANING ASOSIY YANGILIKLARI

Konstitusiyada O’zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo’yilmoqda.



Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin