Samarqand davlat chet tillar instituti


Model- fran. modele-namuna, tarx, nimanidir tasviri tavsifi. Modernizatsiyalash



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə102/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   139
Majmua 2023 yangi

Model- fran. modele-namuna, tarx, nimanidir tasviri tavsifi.
Modernizatsiyalash- fran. modernizer-zamonaviy; zamonaviylashtirish, hozirgi davr talablari, tarzi va didiga mutanosib ravishdagi o’zgarishlarni amalga oshirish.
Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari. Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning Iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Munitsipal boshqaruv - ingl. municipal o’zini o’zi boshqarish; bu boshqaruvning nisbatan nomarkazlashgan shaklidir. SHu bilan bir vaqtning o’zida u fuqarolik jamiyatining instituti hisoblanadi. Bunday boshqaruv organlarining asosiy belgilari, - ularning saylanishligi va o’z hududidagi aholi manfaatlari asosida mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan ishlarga rahbarlik qilishdagi nisbatan mustaqillik.
Munitsipalitet- fran.municipalite-shahar o’zini o’zi boshqarish organi; ko’pchilik mamlakatlardagi o’zini o’zi boshqarish organlari.
Mustaqil bosma OAV lari –davlat boshqaruvidan holi bo’lgan, o’zining fikr va so’z erkinligini ro’yobga chiqaruvchi, lekin bunda o’z faoliyatini amaldagi qonunchilik doirasidagina olib boruvchi ommaviy axborot vositalaridir.
Nizom- muayyan davlat yoki jamoat tuzilmalarini tashkil etish tartibini, tuzilishi, vazifasi, funksiyalari va vakolatlarini belgilovchi kodekslashtirilgan normativ hujjat hisoblanadi.
Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari (a’zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin