Gospital xirurgiyasi 143 Sahifa
suyagiga kirishdagi gorizontal qismda ro’y berishi mumkin. Qon oqimi
buzilishiga ateroskleroz (70%), ekstravazal omillar va rivojlanish
nuqsonlari sabab bo’lishi mumkin. Sindromning klinik belgilari bosh miya
yarimsharlarining stvoli, ensa bo’laklari va ichki miya ishemiyasiga
bog’liq bo’ladi.
3.
O’mrov osti-umurtqa sindromi . O’mrov osti arteriyasi bloki
shunday joylashadiki, qon oqimidan o’mrov osti arteriyasi ham, umurtqa
arteriyasi ham ajralib qoladi. Ana shunga o’mrov osti-umurtqa sindromi
deyiladi. Umurtqa arteriyasida qon oqimining aynishi sodir bo’ladi – qon
oqimi miyadan qo’lga teskari yo’nalishda oqadi, chunki o’mrov osti
arteriyasi sistemasidagi bosim Villiziy doirasidagiga qaraganda past
bo’ladi. Bu fenomen adabiyotda «subclavian steal syndrome» – o’mrov
ostida qon o’g’irlanish sindromi degan nom olgan bo’lib, uni 1960 yilda
Contorni birinchi marta tasvirlagan. Elka kamari va ko’l ishemiyasining
klinik ko’rinishi bu soxalarda kollateral qon aylanishi rivojlanganligidan va
still-sindrom hisobiga odatda og’ir bo’lmaydi. Bemorlar ish vaqtida
qo’llarining tez toliqib qolishidan, ularning uvishishi va sovqotishidan,
barmoqlar va panjaning muzday bo’lishidan noliydilar, qo’l muskullari
atrofiyaga uchraydi, qo’lda og’riq bo’ladi. Stillsindrom rivojlanishi
vertebrobazillyar sistemada qon aylanishi etishmovchiligiga olib keladi, bu
umrov osti-umurtqa sindromida ustunlik qiladigan belgi hisoblanadi.
4.
Uyqu arteriyalari sindromi – shu tomirlar proksimal bo’limlarida
qon oqimining buzilishidir. Umumiy uyqu arteriyasi bifurkatsiya sohasida
undan pastki qismga nisbatan ko’proq zararlanadi. Ichki uyqu arteriyasini
stenozga yoki okklyuziyaga olib keladigan asosiy etiologik omil
ateroskleroz sanaladi. Uyqu arteriyasi sindromining klinikasi bosh miya
katta yarimsharlari va ko’z soqqalari ishemiyasi bilan belgilanadi.
Bemorlar bosh og’rishi, bosh aylanishi, xotira pasayishi, zararlangan
tomonda ko’z ko’rmay qolishi, ba’zan xushdan ketishdan shikoyat
qiladilar.
5.
Nomsiz arteriya sindromi – nomsiz arteriyada qon aylanishining
buzilishi. Bu o’zining turli-tuman klinik manzarasiga ko’ra braxiotsefal
arteriyalar patologiyasidir. U go’yo bundan oldingi hamma sindromlarni
o’ziga jamlab oladi va ayni vaqtda bu simptomlar ulardan mutlaqo farq
qiladi. Nomsiz arteriya sindromining ko’rinishi bosh miyaning karotid tipi