O`quv qo`llanma 146 Sahifa
braxiotsefal tarmoqlar okklyuziyasida esa hamma usullarda reogramma
to’lqinlarining keskin pasayishini qayd qiladi. Braxiotsefal tomirlarning
birlamchi diagnostikasida infraqizil spektrdagi termografiya qo’llaniladi.
0,6°C dan yuqori termoasimmetriya patologik deb hisoblanadi. So’nggi
yillarda qon oqimini ultratovush bilan tekshirish usullari keng tarqaldi.
Ultratovushli
datchik
doppler
effekti
printsipida
faqat
arteriya
pulsatsiyasini emas, balki undagi qon oqimi yo’nalishi va tezligini ham
aniqlasa bo’ladi.
Nevrologik tekshirishlar . Bosh miya ishemiyasining nevrologik
alomatlari qaysi tomir xavzasi zarar ko’rganiga, arteriyaning okklyuziya
darajasi va rivojlanish sur’atiga, shuningdek, kollateral qon aylanishining
qanchalik muvofiqligiga bog’liq. Shu munosabat bilan miya qon aylanishi
etishmovchiligini karotid, vertebrobazillyar va birga uchraydigan
karotidbazillyar
tipi
bo’yicha
farq
qilish
zarur.
Nevrologik
simptomatikaning o’zi esa intermitirlaydigan yoki barqaror, doimiy
xarakterda bo’lishi mumkin. Bosh og’rig’i – bosimning magistral
arteriyalari okklyuziyasi bo’lgan bemorlarda qayd qilinadi. U taxminan
bemorlarning 80 foizida bo’ladi. Og’riq aksariyat chakka soxasida, ba’zan
boshning u yoki bu yarmida yoki tutash bo’ladi. Bosh aylanishi uchrashi
jixatidan ikkinchi nevrologik simptom, bemorlarning kam deganda
35 foizida uchraydi. Bu simptom vestibulyar apparat funktsiyasi buzilishi
va uning uzunasiga ketgan orqa dastasi sistemasi bo’yicha quyida
joylashgan bo’limlari bilan aloqasiga bog’liq. Qisqa muddatga xushdan
ketish hodisasi kam deganda 5% hollarda uchraydi, ular, aftidan, bosh
miya to’rsimon formatsiyasining ishemiyasi bilan bog’liq bo’lsa kerak.
Giperkinetik va amniostatik sindrom miyacha va o’zak qobiq osti tugunlari
og’ir va uzoq muddatga ishemiya bo’lgan bemorlarda uchraydi. Talvasalar
va epilepsiyasimon tutqanoqlar ahyon-ahyonda kuzatiladi. Bu holatlarning
tabiati aniqlanmagan. Po’stloqqa taalluqli ko’rish qobiliyati buzilishlari.
Bu guruxga bosh miya yarimsharlarida, asosan ensa bo’laklarida qon
aylanishi etishmasligi natijasida yuzaga keladigan ko’rishning turli-tuman
buzilishlari kiradi. Ko’rishning bunday buzilishlari 17% ni tashkil etadi.
Harakat buzilishlari – kasallikning eng ravshan va og’ir belgilaridan
xisoblanadi. Nevrologik buzilishlar bu formasining umumiy protsenti
13,3% ni tashkil etadi (A.V. Pokrovskiy bo’yicha). Nutq buzilishlari