Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
147 Sahifa 
bemorlarning deyarli 11 foizida uchraydi. Ular ishemik uchoqda joylashuvi 
bo’yicha turli-tuman ko’rinishga ega bo’ladi. Nistagm – birmuncha ko’p 
uchraydigan nevrologik simptomlardan biri xisoblanadi. Vertebro-bazillyar 
sistemasida qon oqimi buzilgan bemorlardagina kuzatiladi. Ko’z 
harakatining buzilishlari nistagm singari uchraydi. Unda ko’z soqqalari 
harakati o’zgaradi, konvergentsiya va akkomodatsiya reaktsiyalari 
buziladi. Miyachadan bo’ladigan simptomlar – asinergiya, dizmetriya, 
mushaklar distoniyasi bemorlarning taxminan 8 foizida uchraydi
(B.V. Petrovskiy muallifdoshlari bilan). Yutish va fonatsiyaning 
buzilishlari 
(disfagiya, 
dizartriya) 
6-7% 
xollarda 
kuzatiladi. 
Sezuvchanlikning buzilishlari parez bo’lgan tomonda bemorlarning
15 foizida kuzatiladi. 
Vegetativ buzilishlar – ko’ngil aynishi, qayt qilish, rangparlik, 
bradikardiya, ter ajralishining buzilishi kamroq uchraydi. 
Aorta ravog’i tarmoqlari okklyuziyasida oftalmologik simptomatika 
butun ko’ruv analizatorining ishemiyasidan vujudga keladi. Bunda 
kuyidagi usullardan foydalaniladi: Periferik ko’ruv retseptori holatini 
o’rganish – oftalmoskopiya – ko’ruv nervi o’tkirligini tekshirish quyidagi 
testlar bo’yicha o’tkaziladi: - ko’rish o’tkirligi; - perimetriya (ko’ruv 
maydonini aniqlash); - rangli perimetriya; - yorug’lik sezuvchanlikni 
aniqlash; - to’r parda markaziy arteriyasini bosish; - oftalmotonus va ko’z 
ichidagi suyukliq almashinuvi. 
Otonevrologik tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: - LOR 
organlarini ko’zdan kechirish; - eshituv, vestibulyar, ta’m bilish, hid bilish 
funktsiyasini aniqlash; - maxsus usullar (audiometriya); - maxsus 
sinamalar (kalorik sinama, miyachaga taalluqli ayrim sinamalar). 
Otonevrologik simptomatika LOR organlari va ularning funktsiyalari ta’m, 
hid bilish, otokinetik retseptsiya) holatini aks ettirib, boshning xronik 
ishemiyasi sharoitlarida va aorta ravog’i tarmoqlari okklyuzion 
zararlanishining umumiy semiotikasida muhim o’rin egallaydi. 
Braxiotsefal tarmoqlari zararlangan bemorlarni tekshirish vaqtida 
boshqa tomir xavzalarining birgalikda zararlanish simptomlariga
(toj arteriyalar, qorin aortasining vistseral tarmoqlari, oyoq, arteriyalari) 
ahamiyat berish zarur.


O`quv qo`llanma
148 Sahifa 
Tekshirishning rentgen kontrast usullari.
Hozirgi vaqtda braxiotsefal 
arteriyalarni rentgen kontrast tekshirishning quyidagi usullari qo’llanadi: 
1. Kateterizatsion ko’krak aortografiyasi. Aortaning hamma 
bo’limlari, jumladan uning ravog’ini ham kateterlash 1953 yilda shved 
olimi Seldinger taklif qilgan metodika bo’yicha hozir hamma joyda amalga 
oshirilayapti. 
2. Selektiv aortoarteriografiya. Aorta ravog’ida kateter borligi uni 
aortaning tarmoqlaridan biri og’ziga kiritib, so’ngra uni kontrastlash, ya’ni 
selektiv arteriografiya qilishga imkon beradi. Shunday bo’lishiga qaramay, 
selektiv aortoarteriografiya uchun ko’rsatmalar chegaralangan hollardagina 
o’tkazilishi mumkin. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin