Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
158 Sahifa 
3. Tomirlarni kengaytiradigan preparatlar: papaverin, noshpa, 
nikoshpan, kamplamin, galidor. 
4. Antikoagulyantlar: fenilin, pelentan, neodikumarin, sinkumar va b. 
O’tkir trombozda geparin, streptaza, streptokinaza va urokinaza ishlatiladi. 
5. Qon reologik xossalarini yaxshilash hamda dezagregatsiya 
maqsadida aspirin, kurantil, anginin va prodektin qo’llanish maqsadga 
muvofiq. 
Mikrotsirkulyatsiyani 
yaxshilash 
uchun 
reopoliglyukin
(5-10 infuziya) tayinlanadi.
6. Baroterapiya, diodinamik toklar (Bernar toklari), massaj, vodorod 
sulfidli vannalar. 
Rekonstruktiv operatsiyalardan keyin bemorlarga 0,5 g dan kuniga
3 marta aspirin, 1 tabletkadan kuniga 3 marta kurantil, yiliga 2-3 marta
1-2 oylik komplamin bilan davolash kurslari va fizioterapevtik davo 
tayinlanadi. Davolash fizkulturasi zarur. Tomirlar operatsiyalaridan keyin 
bemorlar 1-3 oygacha mexnatga layokatsiz bo’ladilar. Ishemiya 
simptomlari barham topgandan keyin bemorlar o’z ixtisosligi bo’yicha 
ishlay oladilar: yiliga 2 marta ambulatoriyada profilaktik davo kurslari 
oladilar. 
Qorin aortasining surunkali okklyuziyalari 
Qorin aortasining surunkali stenozlari va okklyuziyalari oyoq 
ishemiyasi manzarasi bilan o’tadigan og’ir kasalliklar hisoblanadi, ularni 
Lerish 1940 yilda yaxshi tasvirlab bergan. Terminal qorin aortasining 
stenozlovchi zararlanishlari tug’ma va orttirilgan kasalliklarga bog’liq, 
bo’lishi mumkin. Aorta qorin bo’limining gipoplaziyasi va atreziyasini 
tug’ma kasalliklarga kiritish mumkin.
Etiologiya va patogenez. 
Qorin aortasining torayishi va to’liq 
obturatsiyasi yallig’lanishsiz o’tadigan va yallig’lanish bilan o’tadigan 
orttirilgan kasalliklardan kelib chiqishi mumkin. Yallig’lanishga aloqador 
bo’lmagan aorta kasalliklaridan aterosklerozni ko’rsatib o’tish mumkin. 
Aortaning intimal sarkoma, qorin bo’shlig’i va genitaliy o’smalaridan 
zararlanish imkoniyati juda kam bo’ladi. Aortaning yallig’lanish 
kasalliklari orasida uning stenozga uchrashiga zaxm arteriiti, infektsion 
arteriitlarning boshqa turlari, shuningdek nospetsifik aortit sabab bo’ladi 
(V.S. Smolenskiy, 1964). Tomirlarning obliteratsiyalovchi kasalliklari 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin