Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
161 Sahifa 
bo’lgan bemorlarning 55 foizida aniqlanadi. Oyoqlar, shok organlari va 
yo’g’on 
ichak 
ishemiyasi 
simptomlariga 
arterial 
gipertenziya 
simptomatikasi qo’shilib keladi. Ko’pchilik hollarda ular buyraklar qon 
ta’minoti bo’lishi bilan bog’liq. Biroq qator hollarda arterial gipertenziya 
buyrak arteriyalari zararlanmay o’tadigan qorin aortasining pastki 
okklyuziyasi bo’lgan bemorlarda aniqladi. 
Ichak tutqich arteriyasidan pastdagi qorin aortasi okklyuziyasi 
bemorlarning 35 foizida, o’rta va yuqori okklyuziyalarda esa bu raqam
65 foizga etadi. Bu dalil shuni ko’rsatadiki, okklyuzion jarayon qorin 
aortasida proksimal tarqalganda arterial gipertenziyali bemorlar soni 
ko’payadi. 
Qorin aortasi okklyuziyasiga shubxa tug’diradigan simptomlardan 
biri oyoqning hamma nuqtalarida pulsatsiyaning yo’qligi hisoblanadi. 
Diagnostikasi.
Qorin aortasi okklyuziyalari klinikasi etarlicha 
ravshan va ko’pchilik hollarda diagnoz qo’yish qiyinchilik tug’dirmaydi. 
Endi diagnoz qo’yish masalasi dastlabki qorin aortasi obturatsiyasi 
darajasini aniqlash, oyoqlarda qon aylanishi kompensatsiyasi darajasini, 
periferik o’zan holatini bilish mutaxassislarning xozirgi kundagi vazifasi 
hisoblanadi. Kasallik diagnostikasida buyrak arteriyalari va qorin aortasi 
vistseral tarmoqlari holatini, shu magistral arteriyalardan qon bilan 
ta’minlanadigan organlarning zararlanish darajasini aniqlash muxim va 
nixoyat, o’zil-kesil diagnoz qo’yishga imkon beradigan tekshirishlar 
yig’indisiga miya va toj tomirlar qon oqimi holatini o’rganish ham kirishi 
kerak. 
Tekshirish bosqichlarini shartli ravishda ambulator, dastlabki va 
klinik bosqichlarga bo’lish mumkin: 
I. Tekshirishning ambulator bosqichi maxsus jixozlar talab etmaydi 
va xar kanday tibbiy muassasada o’tkazilishi mumkin. Anamnez yig’ish – 
mas’uliyatli davr va quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: bemorning 
yoshi, kasallikning birinchi simptomlaridan boshlab boshlangan davri, 
ishemiya zonasining dinamikada ko’payishi, uning yuqoridan pastga yoki 
pastdan yuqoriga tarqalishi kabilar. Bel va chov soxalaridagi ishemiyani 
aniqlashga, fiziologik yo’nalishlarning buzilishi, axlat xarakteriga alohida 
ahamiyat berilishi lozim. O’zgarib turadigan cho’loqlik intensivligi va 
xarakteri, oyoqda og’riq sindromi borligi, trofik buzilishlar 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin