Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
159 Sahifa 
bo’lgan bemorlar orasida qorin aortasi okklyuziyalari 1-3% hollarda 
uchraydi. Lerish sindromi bo’lgan bemorlar orasida bu patologiyaning 
salmog’i yanada yuqori. Qorin aortasi okklyuzion zararlanishlarining 
asosiy etiologik omili ateroskleroz hisoblanib, u 50-100% ni tashkil etadi 
(B.V. Petrovskiy, M.D. Knyazev va b.). Aorta bifurkatsiyasi rezektsiyasi 
bilan birga alloprotezlash operatsiyasini birinchi marta 1960 yilda
V.S. Savelev bajargan. O’zbekistonda qorin aortasi okklyuzion kasalliklari 
to’g’risidagi ta’limotga Sh.I. Karimov, U.O. Oripov, V.V. Voxidov katta 
xissa qo’shdilar. 
Qorin aortasi surunkali okklyuziyalarining klinik manzarasi.
Qorin aortasining terminal bo’limidagi okklyuziyaning klinik manzarasi 
ko’pincha oyoqlardagi ishemiyalardan iborat. Biroq, okklyuziya 
jarayonining turli variantlari va darajalari, ularning qancha joyni 
egallagani, aorta distal yoki proksimal segmentlari va oyoq, buyrak va 
vistseral arteriyalarining shunday zararlanishi bilan birga uchrashi 
kasallikning kechishini va klinik manzarasini keskin o’zgartiradi hamda 
prognozni og’irlashtiradi. Bu diagnostikaga, taktika tanlashga va 
operatsion aralashuv hajm iga o’z ta’sirini ko’rsatadi, Lerish sindromi bilan 
qorin aortasi okklyuziyasi o’rtasida aniq chegara bo’lishi zarurligini talab 
etadi. 
Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib, qorin aortasi okklyuziyasining 
zararlanish darajasi va hajmiga ko’ra quyidagi variantlarini farq qilish 
maqsadga muvofik: 
1. Pastki ichak tutqich arteriyasi darajasigacha bo’lgan qorin aortasi 
okklyuziyasi, unda antegrad qon oqimi saqlanib qolgan – past okklyuziya. 
2. Yuqori ichak tutqich arteriyasi darajasigacha tromb chetki ichak 
tutqich arteriyasi darajasidan yuqoriga tarqalgan qorin aortasi okklyuziyasi 
– o’rta okklyuziya. 
3. Tromb buyrak arteriyalari og’zigacha tarqalgan aorta qorin bo’limi 
okklyuziyasi – yuqori okklyuziya. 
4. Tromb buyrak arteriyalari og’zigacha yoki undan yuqori tarqalib, 
patologik jarayonga antegrad qon oqimi reduktsiyasi yoki u yo’qligi tufayli 
buyrak arteriyasi trombozi qo’shilib o’tadigan aorta qorin bo’limi 
okklyuziyasi – qorin aorta bo’limining yuqori okklyuziyasi vazorenal 
gipertenziya va surunkali abdominal ishemiya sindromi bilan. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin