Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
155 Sahifa 
sindromiga osonlikcha diagnoz qo’yish mumkin. Instrumental tekshirish 
usullari bilan oyoqlardagi qon aylanishi buzilishlari aniqlanadi. Agar 
operatsiya bilan davolash to’g’risidagi masala xal qilinayotgan bo’lsa, 
bemorni aortografiya qilish kerak. 
Differentsial diagnostika qilishda obliteratsiyalovchi endarteriit –
20-30 yoshdagi erkaklar kasalligi to’g’risida unutmaslik kerak, bunda 
boldir tomirlari zararlanadi. Bunday bemorlarda son, ko’pincha esa taqim 
osti arteriyasi yaxshi pulsatsiya qiladi, sistolik shovqin bo’lmaydi. 
Endarteriitli bemorlarda aortografiyada odatda aorta, yonbosh va son 
arteriyasi o’tkazuvchanligining sonning uchdan bir pastki qismigacha 
normal bo’lishi qayd qilinadi. Arteriyalar konturlari tekis, silliq. Takim osti 
arteriyasi va boldir arteriyalari odatda okklyuziyalangan va boldirda 
shtoporsimon kollaterallarning mayda tarmoqdagina ko’rinib turadi. Aorta 
okklyuziyalarida dumbada sonning orqa yuzasi bo’ylab paydo bo’ladigan 
og’riq ba’zan kuymich nervi yallig’lashi diagnozi qo’yilishiga sabab 
bo’ladi. Periferik arteriyalar spazmga uchraganligi va oyoq panjasida 
pulsatsiya aniqlanmasligi, oyoqlarning esa muzdayligi bu spazmni yanada 
oshiradi. Biroq kuymich nervi yallig’lashida og’riq, jismoniy harakatga 
bog’liq bo’lmaydi, ular tinch turganda yo’qolmaydi va tunda qo’zishga 
moyil bo’ladi. Bunday bemorlarda tomir shovqini bo’lmay, balki kuymich 
nervi yallig’lanishining butun nevrologik simptomatikasi aniqlanadi. 
Operatsiya qilib davo qilinmasa, kasallik prognozi jiddiy, chunki 
buzilishlar tobora avj olib boradi. Ko’pchilik bemorlar simptomlar paydo 
bo’lgandan 1-2 yil o’tgach mexnatga layokatsiz bo’lib qoladilar.
Davolash.
Qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh arteriyasi 
zararlangan bemorda IIB, III va IV bosqichlardagi ishemiya operatsiya 
qilib davolashga ko’rsatma hisoblanadi. I va IIA bosqichlarda konservativ 
davolash kerak bo’ladi. Yangi bo’lgan miokard infarkti, 3 oy bo’lib o’tgan 
insult, III darajadagi yurak etishmovchiligi, og’ir o’pka emfizemasi, jigar 
tsirrozi, jigar va buyrak etishmovchiligi operatsiya usulida davolashga 
qarshilik hisoblanadi. Son chukur arteriyasi distal bo’limlarining 
okklyuziyasi va boldir hamma uchala arteriyasining to’liq tutilib qolganligi 
operatsiyaga qarshi ko’rsatma bo’lib xizmat qiladi. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin