Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
141 Sahifa 
zararlanishlari faqat arterial okklyuziyasi yoki stenozi sababli emas, balki 
serebral arteriyalarning aterosklerotik pilakchadan mikroemboliyasi 
natijasida ham rivojlanadi. 
Etiologiyasi va patogenezi.
Braxiotsefal arteriyalar tutilib qolishni 
keltirib chiqaradigan etiologik omillar bir necha guruxlarga bo’linishi 
mumkin: 
1. Arteriyalarning obliteratsiya qiladigan kasalliklari: - ateroskleroz
- nospetsifik aorto-arteriit; - obliteratsiyalovchi trombangit; - chakka 
arteriiti. 
2. Aorta ravog’i anevrizmalari braxiotsefal arteriyalarning ikkilamchi 
torayishi bilan: - aterosklerotik; - zaxmli; - qatlamlanadigan anevrizmalar. 
3. Aorta ravog’i tarmoqlarining rivojlanish nuqsonlari: - 
arteriyalarning patologik egri-bugriligi, og’izning surilish nuqsonlari; - 
arteriyalarning patologik egri-bugriligi, qovuzloqlar hosil qilish va 
angulyatsiyasi; - aorta ravog’i tarmoklari nuqsonlari. 
4. Arteriyalar kompressiyasining ekstravazal omillari. Ateroskleroz 
ishemik sindromning eng ko’p sababchisi hisoblanadi, bemorlarning 
taxminan 2/3 qismida aterosklerotik kelib chiqadigan braxiotsefal 
arteriyalarning zararlanishi bo’ladi.
Erkaklar ayollarga nisbatan 4 baravar ko’proq zararlanadi. 
Aterosklerozning muhim xususiyati shundaki, bosh miyaning kalla 
suyagidan 
tashqaridagi 
arteriyalarining 
zararlanishi 
intrakranial 
arteriyalarga qaraganda 5 marta ko’proq uchraydi. Uyqu arteriyasi 
bifurkatsiyasi va ichki uyqu arteriyasining boshlang’ich segmenti 
aterosklerotik pilakcha rivojlanadigan joy hisoblanadi. Ikkala uyqu 
arteriyasi bir xilda ko’p zararlanadi. Aksariyat patologik jarayonga o’mrov 
osti arteriyalari ham qo’shiladi, bunda chap arteriyasi o’ng arteriyasiga 
nisbatan 3 baravar ko’proq zararlanadi. Ko’pincha bemorlarda aorta 
ravog’i tarmoqlarining ko’p sonli zararlanishlari aniqlanadi. 
Nospetsifik aorto-arteriit braxiotsefal tomirlar zararlanishining 
sabablari orasida ikkinchi o’rinda turadi. Aorto-arteriit uchun stenozlangan 
qismning birmuncha uzunligi xos. Aorto-arteriitning taxminan 75% 
hillarida aorta ravog’i tarmoqlarining ko’p sonli zararlanishlari kuzatiladi. 
Bu kasallik bilan aksariyat 30-40 yoshdagi odamlar, ko’proq ayollar (4:1) 
kasallanadilar. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin