Gospital xirurgiyasi 137 Sahifa
Angiotenziometriya – qon aylanishini o’rganishning 1952 yilda
N.I. Arinkin taklif etgan kompleks usulidir. Pletizmo va sfigmografiya bu
usulning asosini tashkil etadi. Bu usul bilan maksimal arterial bosim, venoz
bosim, tomirlar tonusi, oyoq-qo’lning hajm-pulsga ta’luqli qon ta’minoti,
qon oqimining hajm tezligi, yurakning sistolik hajmini tadqid qilish
mumkin. Biroq metodikasi ko’p mehnat talab qiladi, apparatlari murakkab,
shu tufayli metod klinikada keng qo’llanilmayapti.
Fonoangiografiya
– qon oqimi buzilishlarida tomirlardagi
shovqinlarni grafik qayd qilishdir. Shovqinlarni qayd qilish uchun
maksimal shovqin proektsiyaga o’rnatiladigan oddiy fonokardiografik
datchik ishlatiladi.
Kapillyaroskopiya – periferik tomirlarni vizual kuzatish usuli.
Kapillyar qon aylanishi aksariyat kapillyarlar yaxshi ko’rinadigan tirnoq
o’rnida (soxasi) tekshiriladi. Teri elektr termometriyasi – teri xarorati
arterial va kapillyar qon aylanishi holatini aks ettiradi, shuningdek chuqur
joylashgan to’qimalardagi metabolik jarayonlar aktivligi to’g’risida
ma’lumot beradi. Haroratni universal tibbiy elektr termometr EGU-m bilan
o’lchanadi. Haroratni o’lchash diapazoni 16° dan 42°S gacha.
Ultratovushli dopplerografiya. Metod asosini Doppler effekti tashkil
qiladi.
Yakinlashayotgan
narsaning
tovush
chastotasi
oshib,
uzoqlashayotgan narsa tovushning chastotasi kamayishidan iborat. Uni
periferik arterial sistemasining o’tkir va surunkali okklyuziyalarini
diagnostika qilish, arterial o’zaklar okklyuziyasida arterial bosimni
aniqlash, tomirlardagi rekonstruktiv operatsiyalar vaqtida qon oqimini
aniqlashda foydalaniladi. Doppler tekshiruvi atravmatik; tomirlar
patologiyasida muxim o’rin tutadi. Uyqu va umurtqa arteriyalarini
tekshirishdan
tashqari,
oyoq-qo’llardagi
tsirkulyator buzilishlarni
diagnostika qilishda katta imkoniyatlarga ega. U arteriografiyani to’ldirishi
mumkin.
Pnevmoretroperitoneografiya – aorta va uning tarmoqlari va qorin
pardasi orti bo’shlig’ining differentsial diagnostikasida qo’llaniladi.
Funktsional vena ichi urografiyasi – bunda kontrast modda yuborilgandan
keyin 1, 3, 5, 10, 20, 30, 45, 60 minutdan keyin suratlar olinadi. Vaqt
berayotganda kosacha-jomcha apparatining shakliga, deformatsiyasiga,
ularning kontrastlanish tezligiga va kontrast moddaning chiqarilishiga