O`quv qo`llanma 134 Sahifa
2. Ko’zdan kechirish tomir kasalliklarining diagnostikasi uchun
muxim to’qima trofikasi buzilishlarini aniqlashga imkon beradi. Mushak
atrofiyasi odatda arteriyal qon aylanishi surunkali buzilganda rivojlanadi.
Aorta koarktatsiyasi uchun qo’l-oyoq muskulaturasining nomutanosib
rivojlanishi xos. Teridagi distrofik o’zgarishlar (uning yupka tortishi, soch
to’kilishi kabi) ham ko’pincha shu soxadagi qon aylanishining surunkali
etishmovchiligi belgisidir. Tomir xastaliklarida teri rangining o’zgarishi
(rangparlik, tsianoz) diagnostika uchun qimmatlidir. Bu simptomlarning
qaerda joylashganini nazarda tutish muxim. Shu tufayli bemorni to’liq,
ko’zdan kechirish, gavda va qo’l oyoqlarining simmetrik qismlarini albatta
taqqoslab qo’rish zarur.
3. Palpatsiya (paypaslab ko’rish) quyidagilarni aniqlash imkonini
beradi: - gavda teri qismlaridagi xarorat o’zgarishiga baho berish va
simmetrik segmentlar bo’yicha taqqoslash; - palpatsiyada ba’zi kasallik
simptomini aniqlashga muvaffaq bo’linadi (masalan, arteriovenoz oqmada,
sistolo-diastolik
titrash,
flebitlar
borligi,
aorta
koarktatsiyasida
qovurg’alararo arteriyalar pulsatsiyasi va x. k.); - tomirlar holatiga baho
berish imkonini beradi; - oyoq-qo’llarning simmetrik satxlaridagi
areteriyalar pulsatsiyasi palpator aniqlanadi va taqqoslanadi; - muayyan
holatda paypaslab ko’riladi. Qorin bo’shlig’ini paypaslab, qorin arteriyasi
anevrizmasini aniqlash mumkin.
4. Perkussiya tomir kasalliklari diagnostikasida kam ahamiyatga ega.
Biroq u ma’lum ma’lumot olish imkonini beradi: masalan, qorin aortasi
anevrizmasi yorilganda, qorin pardasi orqasi gematomasini aniqlashda,
ko’ks oralitada tomir dastasi chegaralarini aniqlashda yordam beradi.
5. Tekshiruvni auskultatsiyasiz o’tkazishni to’la qimmatli deb
hisoblash mumkin emas. Auskultatsiyani o’tkazsa bo’ladigan hamma
nuqtalarda o’tkazish zarur. Normada magistral arteriya tepasida puls
zarbini eshitish mumkin. Torayganda yoki patologik kengayganda sistolik
shovqin, qon arterial o’zandan venoz o’zanga tushganda sistolo-diastolik
shovqin paydo bo’ladi. U yoki bu arteriyani qaerida auskultatsiya qilishni
bilish zarur. Chunonchi, uyqu arteriyasi bifurkatsiya soxasida ichki uyqu
arteriyasining boshlang’ich bo’limi bilan birga pastki jag’ burchagi orasida
eshitiladi. Imo-ishora muskuli orqasida umrov arteriyasidan shovqinlar
eshitiladi, shu nuqtaning o’zida o’ng tomonda braxiotsefal stvoldagi