Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
132 Sahifa 
Obliteratsiyalovchi endarteriit – oyoq distal arteriyalarining 
yallig’lanish kasalligi bo’lib, tromboz va o’tkazuvchanligining buzilishi 
bilan o’tadi.
Etiologiyasi va patogenezi.
Xozircha noaniq, uning rivojlanishini 
tushuntiradigan nikotin, infektsion, endokrin, buyrak usti bezi, trombogen 
nazariyalar 
rad 
etiladi. 
Arteriospazm 
rivojlanishida 
nikotin 
intoksikatsiyasining ishtiroki yaxshi ma’lum, biroq so’nggi yillarda 
chekadigan ayollar sonining ko’payishi ayollar o’rtasida endarteriit bilan 
kasallanish darajasini oshirgani yo’q. Bugungi kunda endarteriit 
rivojlanishida allergik komponentning ahamiyatini inkor etib bo’lmaydi. 
Neyrogen omil diqqatni tortadi. Endarteriitda nerv sistemasi zararlanishini 
ko’pgina mualliflar isbotlab berganlar, bunda morfologik o’zgarishlar 
oyoqdagi obliteratsiyaga uchramagan arteriya nervlarida ham topiladi. 
Arterial devorning maxalliy o’zgarishlari allergik komponentni ham o’z 
ichiga oladi. Autoantigenlar, autoantitelalar hosil bo’ladigan murakkab 
immun biologik reaktsiyalar ro’y beradi, arteriya devorlarida morfologik 
o’zgarishlar sodir bo’ladi. Arteriyalarning fibroz displaziyasi – jarayon 
etiologiyasi xali to’liq o’rganilmagan. Birinchi martta De Kamp va Birxall 
tasvirlagan. 
Gistologik tekshirishda o’rta parda normal elementlarining 
gipertrofiyasi aniqlanadi, natijada arteriya bo’shlig’i kontsentrik torayadi, u 
anevrizmatik kengaymalar bilan navbatlashadi. Katta anevrizmalar hosil 
bo’lishi ham mumkin. Asosan navqiron yoshdagi ayollar kasallanadilar. 
Fibroz displaziya ilgari faqat buyrak arteriyalarida uchrar edi. So’nggi 
vaqtlarda jaxon adabiyotida uning umumiy tomir kasalligi bo’lib, buyrak 
arteriyalaridan boshqa tomirlarni kasallantirishi haqida ilmiy ishlar paydo 
bo’ldi. Endovazal sabablardan tashqari, aorta va uning tarmoqlaridagi qon 
oqimi ularning turli ekstravazal omillardan bosilishi sababli buzilishi ham 
mumkin. 
Aorta tarmoqlarining rivojlanish nuqsonlari, arteriyalarning uzayishi 
va patologik egri-bugriligi, umurtqa arteriyasi og’zining surilishi shular 
jumlasiga kiradi. Suyak kanalida umurtqa arteriyasining kompressiyasi 
buyrak osteoxondrozida osteofitlardan, umurtqalararo diskalar tushib 
qolganda va umurtqalar oldinga surilganda yuz berishi mumkin. 
Braxiotsefal arteriyalarda qon oqimi buzilishiga ularning karotid tana 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin