Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
126 Sahifa 
Neyro-mushak 
simptomlari 
gipokalemiya 
va 
nerv-mushak 
o’tkazuchanligini buzulishi hisobiga kelib chiqadi. Bemorlar mushak 
bo’shashidan noliydilar, uning darajasi turlicha bo’lib, tez-tez charchashlar, 
oyoq mushaklarini egallaydigan bo’sh falajliklargacha olib keladi. 
Paresteziya va talsavalar (mushak tortishishi) ko’plab qayd etiladi. 
Buyrak 
simptomlari 
orasida ko’proq poliuriya, nikturiya
gipostenuriya kuzatiladi. Siydik orqali ko’p miqdorda suyuqlik yo’qotilishi 
sababli, polidipsiya (tashnalik) yuzaga keladi. 
Arterial gipertenziya – aldosteromaning asosiy, ba’zan esa yagona 
simptomidir. Gipertenziya, odatda barqaror kechadi. AQB oshish darajasi 
o’rtachadan (160/100 mm Hg) to yaqqol 220-250/120-140 mm Hg gacha 
o’zgarib turadi. Ko’pchilik bemorlar yuqori arterial bosim bilan bog’liq 
kuchli bosh og’rig’iga shikoyat qiladilar. 
Arterial 
gipertenziya 
yurak 
chap 
qorinchasining 
yaqqol 
gipertrofiyasiga olib keladi, gipokaliemiya belgilari paydo bo’ladi. Ko’z 
tubi tomirlari zararlanib, ko’pincha ko’rish faoliyati buziladi. 
Konn sindromi diagnostikasi kasalliklarning klinik ko’rinishlarini va 
laboratoriya tekshiruvlari ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan. 
Radioimmun 
tahlil 
plazmada, 
bazal 
sharoitlarda 
aldosteron 
kontsentratsiyasini oshishini va 4 soatlik yurish sinamasidan so’ng uning 
parodoksal pasayishi, plazma renini aktivligining kamayishini aniqlaydi. 
Biokimyoviy tekshirilishlarda gipokaliemiya, gipernatriemiya topiladi. 
Siydik ishqoriy reaktsiyasi muhim diagnostik qimmatga ega bo’lishi 
mumkin. Asbob-uskuna yordamida tekshiruv usullari orasida UTT va
KTning ahamiyati katta. 
Aldosteromalar kichik o’lchamlarda (1,5-2 sm) bo’lganligi sababli 
ularni UTT yordamida taxminan 60% bemorlarda topish mumkin. 
Diagnostikaning eng aniq usuli kompyuter tomografiyasi hisoblanadi.
KT da zichliga past bo’lgan (10-14 N+ birligi) tuzilmalar aniqlanadi. 
Davolash:
bemorlarga adrenalektomiya operatsiyasi bajariladi.
Feoxromotsitoma – katexolaminlar (adrenalin, noradrenalin) ishlab 
beradigan xromofin to’qimadan neyroektodermal kelib chiqqan o’sma 
bo’lib, ko’proq buyrak usti bezi miya qatlamidan rivojlanadi
(90% hollarda). Feoxromotsitomani (paraganglioma) 10% hollarda buyrak 
usti bezidan tashqarida (aksariyat simpatik paraaoratal gangliyalarda, 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin