Gospital xirurgiyasi
129
Sahifa
arterial gipertenziya kasallikning doimiy simptomlaridan hisoblanadi. Tez
charchab qolish va mushak bo’shashishi, mehnat qobiliyatining pasayishi,
jinsiy faoliyatning pasayishi erta paydo bo’ladi. Kechroq bu belgilar
qatoriga osteoporoz qo’shiladi. Semizlik somatotropinning yog’ safarbarlik
ta’sirini tormozlovchi kortizol va AKTGning ortiqcha ishlab chiqarilishi
bilan bog’liq.
ItsenkoKushing sindromida
arterial gipertenziya krizsiz, barqaror
kechadi, sistolik va diastolik bosimning mutanosib oshishi qayd etiladi,
gipotenziv vositalarga ta’sirsiz bo’ladi. Bemorlarning tashqi ko’rinishi
o’ziga xos – yuzi oysimon, yuz va ko’krak qafasining yuqori qismi rangi
qip-qizil ko’kimtir, qorin, bel, ko’krak bezlari,
sonlar terisida qip-qizil
ko’kimtir yo’l-yo’l chiziqlar «qizil striyalar» bo’ladi. Terisi quruq bo’lib
qoladi, oyoq-qo’llari terisi ko’kimtir-marmarsimon tus oladi.
Diagnostikasi.
Qonda va siydikda 17-kortikosteroidlar (17-KS)
kontsentratsiyasi darajasini o’rganish, plazmada kortizol miqdorini
aniqlash ahamiyatga ega. Kortikosteromada bu ko’rsatgich, ayniqsa o’sma
xavfli tabiatga ega bo’lganda, bir muncha oshadi. Tekshiruv usullar orasida
UTT va KT keng ishlatiladi.
Davolash.
Itsenko-Kushing sindromi faqat xirurgik usul bilan
davolanadi. Bemorlarga adrenalektomiya operatsiyasi bajariladi – o’sma
buyrak usti bezi bilan qo’shib olib tashlanandi.
Androsteroma.
Buyrak usti bezi qobig’ining to’rsimon
sohasida
rivojlanadi. Klinik manzarasi androgenlarning ortiqcha ishlab chiqarilishi
bilan bog’liq. Kasallik navqiron va etilgan yoshda paydo bo’ladi. Ko’proq
ayollar kasallanadilar. Bolalik yoshida qizlarda gipertrixoz paydo bo’ladi,
bo’y o’sishi tezlashadi, mushaklari
haddan tashqari rivojlanadi, tovushi
past, dag’al bo’lib qoladi. O’g’il bolalarda barvaqt voyaga etish kuzatiladi,
bo’yi baland emas, oyoqlari kalta. Ayollarda erkaklarga xos jinsiy belgilar
paydo bo’lib maskulinizatsiya belgilari yuzaga keladi – teri ostidagi yog’
qatlami kamayadi,
mushaklari tez rivojlanadi, ko’krak bezlari atrofiyaga
uchraydi, hayz ko’rish faoliyati buziladi; ko’pincha
girsutizm paydo
bo’ladi. Bemorning gormonal faoliyati tekshirilganda siydikda 17-KS
miqdorining juda ko’pligi namoyon bo’ladi. O’smaning joylashuvini
aniqlash uchun UTT va KT qo’llaniladi. Davolashda xirurgik usul
ishlatiladi – bemorlarga adrenalektomiya operatsiyasi bajariladi.
Dostları ilə paylaş: