O`quv qo`llanma
130
Sahifa
QON TOMIR KASALLIKLARI
Xozirgi zamon angiologiyasi o’z ta’sirini kardiologiya, terapiya,
gastroenterologiya, seksologiya, nefrologiya,
transplantologiyaning bir
qator muammolariga yo’naltiradigan fandir. Angiologiya tufayli yurak
ishemiyasi, miya, arterial gipertenziya kabi xastaliklarning patogenezini
qayta ko’rib chiqish imkoniyati yaratildi. Tomirlarning ilgari ma’lum
bo’lmagan yangi kasalliklari – nospetsifik aorto-arteriit va
fibroz-mushak
displaziya diagnostika qilinyapti va o’rganilyapti.
Anatomik-fiziologik xususiyatlar
Bemorlarni tekshirish usullarini yoritishdan oldin arterial tizimning
ba’zi bir asosiy kasalliklari ustida to’xtalib o’tish zarur. Bular:
ateroskleroz, nospetsifik
aorto-arteriit, fibroz-mushak
displaziyasi,
obliteratsiyalovchi endarteriit. Ateroskleroz atamasini 1904 yilda Marshan
taklif qilgan, bu aorta va arteriyalarning o’ziga xos kasalligidir. Bu kasallik
arteriyalar intimasi ostida lipidlarning o’choqli yig’ilib biriktiruvchi
to’qima atrofi o’sib qalinlashuvi, kaltsiy yig’ilishi va mediyaning
o’zgarishi bilan bog’liq: asosiy sabablari – tashqi omillar (xolesteringa boy
ovqat, xis-hayajonlar, gipokineziya, chekish),
genetik moyillik, endokrin
buzilishlar, modda almashinuvi buzilishlaridir.
Gospital xirurgiyasi
131 Sahifa
Ateroskleroz
patogenezining
eng
tarqalgan
nazariyasi
N.N. Anichkov, G.F. Lang, A.L. Myasnikovlar taklif qilgan
neyrometabolitik nazariyadir. Gidrofil xolesterin
kompleksi yaratilishida
beqaror lipoprotein komplekslariga – 3/4 qismi lipidlardan iborat beta-
lipoproteidlarga va 1/4 qismi oqsil bo’lgan xolesteringa katta ahamiyat
beriladi. Ularning tomirlar orqali bunday tashilish usuli ishonchli emas,
komplekslar erimaydigan lipidlar cho’kishi bilan oson parchalanadi.
Xolesterinning bu esterlari erimaydigan komplekslar holida arteriyalar
intimasida to’xtalib qoladi va asta-sekin yig’ilib, uning devoriga o’tadi.
Urugvay xirurgi Palme tavsiya qilgan gemodinamik nazariyasi nuqtai
nazardan ateroskleroz sistolik qon to’lqini zarblarining
arterial devorni
surunkali shikastlashi natijasi hisoblanadi. Bu arteriyalarning himoya
sistemasi o’z vazifasini ado etolmaganda ro’y beradi. Aterosklerozning
trombogen nazariyasini ingliz patologi Dugayt taklif etgan. Uning
tadqiqotlariga binoan aortadagi tromblar avval g’ovak, so’ngra kontakt
fibrindan tashkil topgan. Tromb yuzasi endoteliy bilan qoplanadi,
shunga
ko’ra u go’yo tomir devorining tarkibiy qismiga o’xshab, intimaga joylanib
olganday bo’ladi. Shundan keyin fibrin kondensatsiyasi va tromb hosil
bo’lishi yuz beradi. Fibrin yig’ilishi takrorlanadi. Takrorlanish tez yuz
bersa, fibrinning bir qatlami ikkinchi yangi qatlami bilan aloqaga kirishadi.
Nospetsifik aorto-arteriit – tomirlarning tizimli kasalligi bo’lib,
asosiy xususiyati aortada va uning shox tarmoqlarida stenozlovchi,
anevrizmatik yoki aralash jarayon hisoblanadi. Uni 1956 yilda Savori
tasvirlagan. Nospetsifik aorto-arteriitning haqiqiy tarixi yapon vrachi
M. Takayasuning 1905 yilda aorta ravog’i
tarmoqlari zararlanishining
klinik tasvirini bayon etishidan boshlangan. Aortitning allergik tabiatini
hisobga olib, qator mualliflar uning autoimmun kelib chiqishi to’g’risidagi
taxminni bayon qiladilar. Ayrim mualliflar uni kollagenozlar qatoriga
kiritadilar, chunki unda kollagenozga xos yallig’lanish reaktsiyalari,
subfebrilitet, sistem zararlanish, klinik polilorfizm,
ayrim musbat
laboratoriya sinamalari qayd qilingan. Bu kasallikda, odatda, arteriyaning
birlamchi tashqi qatlamlari zararlanadi, so’ngra jarayon tomirning
birmuncha chuqur qatlamlariga tarqalib, intimani qalinlashtiradigan
ikkilamchi yallig’lanish xodisalari yuz beradi.