O`quv qo`llanma
128 Sahifa
buyrak usti bezi ustida joylashuviga bir muncha hosdir. Noradrenalinning
kontsentratsiyasi adrenalinga nisbatan yuqoriroq bo’lsa, o’sma buyrak usti
bezidan tashqarida joylashuvi uchun hosdir. Amaliyotda siydikda adrenalin
va noradrenalindan tashqari, vanilil-mindal kislota miqdori aniqlanadi. Bu
kislota ikkala gormon metaboliti hisoblanadi va uning siydikdagi
kontsentratsiyasi adrenalin va noradrenalin kontsentratsiyasidan bir necha
o’n marta oshadi. O’smaning o’lchamlari katta bo’lganligidan
ularni
UTT va KT da osonlikcha topish mumkin.
Feoxromotsitoma faqat xirurgik usul bilan davolanadi. Bemorlarga
adrenalektomiya operatsiyasi bajariladi – o’sma (feoxromotsitoma) buyrak
usti bezi bilan birga olib tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: