Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
125 Sahifa 
kelishi mumkin. Bu usullar, xirurgik vaskulyarizatsiya, ballonli dilatatsiya 
va stentlash imkoni bo’lmagan bemorlar, shuningdek operatsiya qilishni 
talab qiladigan qo’shilib kelgan qorin aortasi zararlangan bemorlar uchun 
zahira usul bo’lib qoladi. 
BUYRAK USTI GIPERTENZIYASI 
Buyrak usti gipertenziyasi ko’pincha uning o’smalari bilan bog’liq 
bo’ladi. Aldosteroma, feoxromotsitoma, buyrak usti bezlari po’stlog’ining 
aralash o’smalari, kortikosteroma, androsteroma, kortikoesteroma ko’plab 
uchraydi. O’smalarning hamma turlari ham xavfsiz, ham xavfli bo’lishi 
mumkin. Aldosteroma (birlamchi giperaldosteronizm, Konn sindromi) 
buyrak usti bezi po’stloq qismining koptokcha sohasidan rivojlanadi. 
Ko’pchilik bemorlarda o’sma xavfsiz tabiatli bo’ladi va faqat 5% hollarda 
xavfli o’sishi aniqlanadi. O’sma to’qimasi ortiqcha miqdorda aldosteron 
ishlab chiqaradi. 
Patogenezi.
Aldosteronning ortiqcha ishlab chiqarilishi organizmda 
turlituman biokimyoviy va morfologik o’zgarishlarga olib keladi. Bu 
kasallik uchun dastavval sezilarli tarzda elektrolit muvozanatining 
buzilishlari xos. Aldosteron buyrak kanalchalariga ta’sir etib, kaliy va suv 
reabsorbtsiyasi kamayishiga, natriy reabsorbtsiyasi ko’payishiga olib 
keladi. Kaliyning siydik orqali jadal suratda chiqarilishi, gipokaliemiya 
rivojlanishiga (3,0 mmol/l dan kam) olib keladi. Hujayradagi kaliy ionlari 
natriy va vodorod ionlari bilan almashinadi. Natriyurez pasayishi ho’jayra 
ichi va hujayra tashqarisidagi bo’shliqda natriy ionlari oshishiga olib 
keladi. Natriy gidrofil ion bo’lgani uchun suvni tutib turadi va o’ziga tortib 
oladi. Natijada to’qimalar shishishi, ayniqsa qon tomir devori shishi 
rivojlanadi, uning ichki bo’shlig’i arteriolalar darajasida kichrayadi. Qon 
tomir tonusi, periferik qon tomir qarshiligi ortadi va arterial gipertenziya 
rivojlanadi. Kasallik aksariyat navqiron yoshdagi ayollarda uchraydi. 
Aldosteroma simptomlarini 3 guruhga bo’lish mumkin: 
1) gipokaliemiya xisobiga rivojlangan neyro-mushak simptomlar; 
2) aldosteronni bevosita buyrakka ta’siri natijasida vujudga kelgan 
simptomlar; 
3) arterial qon bosimining oshishi bilan bog’liq bo’lgan simptomlar. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin