Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
135 Sahifa 
shovqinlarni, o’mrov o’rtasidan 2 sm berida umurtqa arteriyasidan 
keladigan shovqinlarni aniqlash mumkin. Ikkinchi qovurg’alar orasida 
to’shdan o’ng tomonda yuqoriga ko’tariladigan aorta va aortal klapandan 
shovqinlar eshitiladi, to’shdan chap tomondan, uchinchi qovurg’alar 
orasida, yuqoriga ko’tariladigan aorta anevrizmali bemorlarda aorta 
klapani etishmovchiligida diastolik shovqin yaxshi eshitiladi. Pastga 
tushadigan ko’krak arteriyasidan va qorin aortasining proksimal 
bo’limidan stenotik shovqin qorinning o’rta chizig’i bo’ylab xanjarsimon 
o’siq ostida aniqlanadi. Qorin stvoli shovqini u bosilganda yoki stenozida 
xuddi shu nuqtada eshitiladi. Xanjarsimon o’siq bilan kindikning o’ng va 
chap tomoni o’rtasida pararektal chizik bo’ylab buyrak arteriyalari 
shovqinini eshitish mumkin. O’rta chiziq bo’ylab yuqoridan va kindik 
sathida qorin aortasi shovqinlari bo’ladi. Chov burmasi nuqtasida son 
arteriyasi shovqini eshitiladi. Taqim chuqurchasi o’rtasida shu nomdagi 
arteriya shovqini eshitiladi. Bemor shikoyatlari bo’lmaganda ham albatta 
tomirlarni eshitib qo’rish kerakligini ta’kidlab o’tamiz. Masalan, uyku 
arteriyasi ustida xarakterli shovqin eshitilishi, xatto klinik belgilari 
bo’lmaganda ham, uning stenozidan dalolat beradi. Gipertenziyali 
bemorlarda aorta yoki buyrak arteriyalari ustidagi shovqin uning vazorenal 
genezi xaqida taxmin qilish imkonini beradi. Shunga ko’ra tomirlarni 
auskultatsiya qilish tomir kasalliklarini erta yaxshiroq diagnostika qilishga 
yordam beradi. 
6. Arterial bosim hamma qo’l-oyoqlarda, zarurat bo’lganda va tik 
turgan holatda Valsalva sinamasi bilan aniqlanadi. 
II. Tekshirishning umumiy statsionar bosqichi quyidagilarni o’z 
ichiga oladi: - laboratoriya ma’lumotlari analizi – qon, siydikning umumiy 
analizi, qon bioximiyasi va elektrolitlari, koagulogramma, Zimnitskiy 
sinamasi, summar buyrak funktsiyasi; - funktsional tekshirish ma’lumotlari 
(EKG, FKG, ostsillosfigmoreografiya), rentgenologik ma’lumotlar, 
nevrologik, oftalmologik status ma’lumotlari, qorin aortasi va uning 
tarmoqlarini fonoangiografik tekshirish.
III. Tekshirishning ixtisoslashgan statsionar tipi. Qorin aortasi va 
tarmoqlari zararlanishini aniqlash maqsadida laboratoriya tekshiruv 
metodlari qo’llaniladi. Ichak va hazm organlari absorbtsion va sekretor 
funktsiyasi to’g’risidagi axborotni bemor koprogrammasini tekshirib olish 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin