O`quv qo`llanma 138 Sahifa
ahamiyat beriladi. Buyrak arteriyasi bir tomonlama zararlanganda
ekskretor urogrammada quyidagi belgilar bo’lishi mumkin: - bitta
buyrakda ikkinchisiga qaraganda kontrast paydo bo’lishining kechikishi; -
buyraklar o’lchamlari o’rtasidagi tafovut 1 sm dan ko’p; - urografiya
o’tkazilishining oxirida zararlangan buyrak kontrastlanishining paradoksal
oshishi; - arteriyalarida okklyuziyasi bor bemorlarda normal retrograd
pielogrammada buyrakning butunlay kontrastlanmasligi. Yod-gippuran-
131 bilan radioizotop renografiya buyrakning 3 ta asosiy ko’rsatkichi:
buyrakda qon oqimi, kanalcha epiteliysi sekretsiyasi va siydik chikaruvchi
yo’llar holati to’rrisida ma’lumot beradi.
Buyraklarni skanerlash – buyraklar asta-sekin singdirib chiqaradigan
neogidrin20 ishlatiladi. Skanogrammalar qator buyrak anomaliyalari:
distoniya, gipoplaziya, polikistoz, nefroptoz, pielonefrit, buyrak arteriyalari
stenozi, buyrak segmenti infarktida ayniqsa kerak. Buyrak arteriyasining
magistral stenozida, odatda, chegaralari tekis buyrakda neogidrin aktivligi
kontsentratsiyasining kamayishi aniqlanadi. Buyrakning parenximatoz
zararlanishlarida neogidrin aktivligi turli bo’limlarda xar hil darajada
pasaygan.
Seriostsintigrafiya. Oddiy statik skanerlashdan farqli ravishda bu
usul yoki dinamik skanerlash yod-gippuran-131 izotopi bilan «Daynami»,
«Gammakamera» kabi yangi apparatlarda o’tkaziladi. Metod buyrakning
holati, o’lchamlari, shaklini aniqlash bilan bir qatorda uning izotop
singdirish darajasini ko’rsatib beradi.
Kontrast
tekshirish
metodlari.
Tomirlardagi
morfologik
o’zgarishlarni inson hayot vaqtida tekshirishning asosiy usuli angiografiya
turli kasalliklarda qo’llaniladi. Tomirlarni kontrast tekshirish xirurgik davo
qilinadigan bemorlarda va boshqa usullar kasallikka diagnoz qo’yishga
imkon bermagan hollarda qo’llanilishi kerak. Xozirgi vaqtda monelik
qiladigan hollar doirasi birmuncha toraygan, angiografiya, masalan,
miokard infarktida, ishemik insultda va xatto buyrak etishmovchiligida
ham o’tkaziladi. Bemorlarning kontrast moddalarni ko’tara olmasligi
angiografiya o’tkazishga monelik qiladigan hol hisoblanadi.
Klinik amaliyotga angiografik tekshiruv metodlarining joriy qilinishi
angiologiya rivojida katta turtki bo’ldi. Bu tekshiruvdan keyin deyarli
hamma savollarga javoblar olinadi, bemorni operatsiya qilish-qilmaslik