O`quv qo`llanma 136 Sahifa
mumkin. Badbuy xidli, shilimshiq, neytral yog’, mushak tolalari,
biriktiruvchi to’qima miqdori ko’p, shakllanmagan axlat hazm
organlarining sekretor va absorbtsion funktsiyasi buzilganidan darak
beradi.
Endoskopik
diagnostika
usullari
(gastroduodenoskopiya,
kolonoskopiya). Bu usullar abdominal patologiyaning kelib chiqishinigina
emas, balki me’daichak yo’lidagi o’sma va boshqa organik kasalliklarni
istisno qilishni o’ziga maqsad qilib qo’yadi. Arterial ostsillografiya
periferik arterial sistemani tekshirishning tarqalgan metodlaridan biri
hisoblanadi. Metodning moxiyati manjetkadagi turli bosimda puls
to’lqinlari kattaligini qayd qilishdan iborat, olingan egri chizik arteriyalar
devorining cho’zilish amplitudasini aks ettiradi.
Sfigmografiya – arterial pulsni grafik qayd qilish metodikasidir.
Bevosita
yoki
oddiy
sfigmografiya
arterial
tomirning
mazkur
chegaralangan qismida yurak tsiklidagi o’zgarib turadigan bosim ta’siri
ostida paydo bo’ladigan tomir deformatsiyasi darajasini xarakterlaydi.
Oyoq-qo’llarning okklyuziyalovchi va stenozlovchi zararlanishlarida tomir
devorining summar tebranishlarini qayd qiladigan hajmli sfigmografiyadan
foydalanish maqsadga muvofiq. Bu oyoq qo’lning tekshirilayotgan
sathidagi kollateral va magistral qon ta’minoti haqida umumiy tasavvur
beradi.
Pletizmografiya – organ yoki gavda qismi hajmining ular
tomirlarining qon bilan to’liqligi o’zgarishi bilan bog’lik tebranishlarini
qayd qilish usulidir. U periferik gemodinamikaning muxim ko’rsatkichi –
maksimal arterial bosimni qayd qilishning volyumetrik usuli negizini
tashkil qiladi.
Reovazografiya – periferik qon aylanishi holatiga baho beradigan
usul sifatida keng tarqalgan. Metod tekshiriladigan soha orqali yuqori
chastotali tok o’tkazish va kompleks elektr qarshiligini grafik qayd qilishga
asoslangan, bu qarshilik to’qimaning qon bilan to’liqligiga bog’liq holda
o’zgarib turadi. Tekshiriladigan qismning qon bilan to’liqligi oshishi elektr
toki pasayishiga, qon bilan to’liqlikning kamayishi esa qarshilikning
oshishiga olib keladi. Reovazografiya periferik va tserebral hamda umumiy
gemodinamikani o’rganishda ishlatiladi.