Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
212 Sahifa 
rivojlanib, u katta va kichik teri osti venalari sistemasini egallaydi. 
Yonbosh venalari zararlanganda oldingi qorin devori teri osti venalari 
kengaygan. Boldir uchdan bir pastki qismi to’qimalari, ayniqsa, to’piq 
medial sohasining induratsiyasi xarakterli. Teri va teri osti yog’ to’qimasi 
zich, harakatsiz, qo’ng’ir yoki to’q jigar rang tusda. Ko’pincha o’zgarib 
qolgan terida qattiq qichishtiradigan nam ekzema paydo bo’ladi. Shu 
erning o’zida trofik yaralar joylashgan ular uzoq vaqt, qaytalanib kechadi. 
Trofik yaralar yakka-yakka yoki ko’p sonli, chetlari sklerozlangan, tubi 
silliq, yumshoq granulyatsiyalar bilan qoplangan, oz-moz suvlanib turadi. 
PTFS ning 4 klinik turi: shish-og’riqdi, varikoz, yarali va aralash 
turlari farq qilinadi. Ilgari chuqur venalar trombozi bo’lib o’tganligi 
PTFSdan dalolat beradi. Delbe-Pertes va Pratt-1 funktsional sinamalarining 
natijalari chuqur venalar o’tkazuvchanligi buzilganligini ko’rsatib, 
diagnozni tasdiqlaydi. Ultratovush doppler tekshiruvida tromblashgan 
venalarda qon oqimi yo’qolishi yoki susayishi, qonni yuzaki venalarda 
oqishi tezlashuvi, ultratovush dupleks tekshiruvida esa tromblashgan 
venalar intima-media holati, ichidagi tromb holati, vena o’tkazuvchanligi, 
komunikantlardagi qon oqimi, tezligi va hajmlari haqida ma’lumotlar 
aniqlanadi. Tekshiruv natijasi to’liq qoniqtirmagan holatda dinamik 
flebografiya ma’lumotlari tashhisni tasdiqlaydi. 
71 – rasm. Boldir va to’piq sohalaridagi trofik yaralar. 


Gospital xirurgiyasi
213 Sahifa 
Differentsial tashhisni varikoz kasalligi, Parks-Veber sindromi, yurak 
va buyrak kasalliklari, chanoq o’smalari, limfedema kasalligi bilan 
o’tkaziladi. 
Davolash kompleks tarzda olib boriladi. 
Konservativ davo: 
1) elastik bintlar taqish
2) siydik haydovchi vositalar; 
3) ratsional ishga joylashtirish; 
4) desensibilizatsiya qiladigan davo; 
5) mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydigan vositalar; 
6) trofik yaralarda antibiotiklar va antiseptiklar, proteolitik 
fermentlar tayinlanadi; 
7) dermatitlar hamda ekzemada tarkibida rux yoki talk bo’lgan 
aralashmalar, ftorokort, flutsinar, kuriozin. 
8) fleboprotektorlar. 
Jarrohlik usulida davolash. Quyidagilarni amalga oshirish uchun 
ko’p sonli amaliyotlar taklif qilingan: 
1. Paydan taqim venasi ekstravazal klapanini yaratish (Psatakis 
jarrohlik amaliyoti). 
2. Zararlangan oyoqdan sog’lom tomoniga kesishma autovenoz 
qov usti safeno-son shunti orqali qon oqib ketishini vujudga keltirish 
(Palma jarrohlik amaliyoti). 
3. Venaning zararlangan sohasini teri osti venasidan olingan 
transplantat bilan almashtirish.
PTFS ni davolashda yuzaki va kommunikant venalardagi jarrohlik 
amaliyotlari (Bebkokk bo’yicha flebektomiya, Linton, Kokket, Felder 
jarrohlik amaliyotlari hamda endoskopik usulda perforant venalarni 
bog’lash) va fastsioplastika eng ko’p tarqalgan. Operatsiyadan keyingi 
davrda doimiy elastik bintlash tavsiya qilinadi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin