Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
65 Sahifa 
yashirin patologiyada jarrohlik amaliyoti o’tkazish masalasi individual hal 
qilinadi. 
Surunkali o’pka abstsessi 
O’pkada 2-3 oydan ko’proq vaqt mavjud bo’lgan nospetsifik yiringli 
bo’shliqning bo’lishi – o’pkaning surunkali abstsessi deyiladi. Surunkali 
abstsesslar paydo bo’lishiga o’pkasida o’tkir yiringli jarayonlari bo’lgan 
bemorlarni kasalxonaga kech yotqizish, muolaja jarayonining etarli 
bo’lmagani, uni statsionardan klinik jihatdan to’liq tuzalmasdan va 
rentgenologik tekshiruvsiz chiqarish sabab bo’ladi. Klinik manzarasi. 
Yiringli balg’am ajraladigan yo’tal, gipertermiya, o’rtacha ifodalangan 
intoksikatsiya simptomlari shular jumlasiga kiradi. Rentgenologik 
tekshiruvda ichki konturi aniq, nozikroq yallig’li gardishli va odatda ozroq 
suyuqlik sathi bo’lgan yumaloq bo’shliq ko’rinadi. Bronxografiyada bir 
yoki bir necha bronxlar bilan o’zaro bog’liq bo’lgan yumaloq bo’shliq 
aniqlanadi. 
Bronxoskopiyada 
yiringli 
chegaralangan 
endobronxit 
aniqlanadi.
Davolash.
Radikal 
operativ 
davolash 
– segmentektomiya, 
lobektomiya, pulmonektomiya (24 – rasm). Konservativ muolaja 
tamoyillari o’tkir jarayondagi davolash kabi, jarrohlik amaliyotiga 
tayyorgarlik sifatida yoki jarrohlik amaliyotiga monelik qiladigan 
ko’rsatmalar bo’lganda (jarayonning ikki tomonlamaligi, keksalik yoshi, 
qo’shilib kelgan patologiya borligi), mustaqil davolash vositasi sifatida 
foydalaniladi. 
24 – rasm. O’pka rezeksiyasi. a – qirrali rezeksiya,
b – bilobektomiya, c – pulmonektomiya. 


O`quv qo`llanma
66 Sahifa 
Bronxoektatik kasallik 
Bronx-o’pka sistemasining surunkali yallig’lanish kasalligi bo’lib, 
bronxlar devori elastik va mushak komponentlarining destruktsiyasi 
munosabati bilan bronxlarning kengayib ketishidan (bronxoektazi) iborat 
bo’lgan kasallik hisoblanadi. Uning rivojlanish mexanizmini bronx-o’pka 
sistemasidagi tug’ma buzilishlar, boshdan kechirilgan yallig’lanish 
jarayonlari, yot jismlarning ta’siri oqibatlari va shu kabilar bilan 
bog’laydilar. 
Bronxoektazlar turiga ko’ra tsilindrsimon, qopsimon va aralash 
turlarga bo’linadi. Atelektatik bronxoektazlar alohida guruhga ajratiladi. 
Bronxoektazlar ayniqsa bolalik, o’smirlik yoshida va navqiron yoshda 
birmuncha ko’proq uchraydi. Ko’pchilik bemorlar uzoq vaqt xasta bo’lib 
yuradigan kishilardir.
Anamnez to’g’ri yig’ilganda to’lqinsimon kechayotgan ko’p yillik 
kasallikni aniqlashga muvaffaq bo’linadi. Bunda qisqa muddatli avj olish 
davrlari davomli remissiya davrlari bilan almashinib turadi. Vaqt o’tishi 
bilan tez-tez avj olishi bo’lib turadi, remissiyalar esa qisqaradi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin