Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Toj arteriyalar angioplastikasi.
Toraygan toj arteriyalar bo’shlig’ini 
tiklash uchun A. Gruntzig 1977 yilda kardioxirurgiya amaliyotiga toj 
arteriyalar angioplastikasini joriy qildi. Bu usul stenozga uchragan toj 
arteriyalarni ballonli dilatatsiyasi (angioplastika) yo’li bilan miokardni 
revaskulyarizatsiya 
qilishdan 
iborat. 
Toj 
arteriyasida 
kaltsinoz 
bo’lmachagani va bu arteriyaning distal o’zani zararlanmagani holda toj 
arteriyaning proksimal bo’limlarda torayishi toj arteriyalarini angioplastika 
qilishga ko’rsatma hisoblanadi. Angioplastika quyidagicha o’tkaziladi. 
Odatdagi usulda koronografiya o’tkazilgandan keyin angioplastik kateter 
o’tkazgich-kateter bilan almashtiriladi, u orqali stenozlangan toj arteriyaga 
dilatatsion kateter kiritiladi. Dilatatsion kateter uchida diametri puchaygan 
xolatda 1,2-1,3 mm shishirilgan holatda esa maksimal diametri 3-3,7 mm 
ga etadigan balloncha bo’ladi. Kateterning puchaygan xolatdagi 
ballonchasini toj arteriyasi stenozi sohasiga rentgentelevizion nazorat 
ostida o’rnatiladi va uni 30% li kontrast modda eritmasi bilan 5 atmosfera 
bosimi ostida to’ldiriladi. Balloncha 5-60 sekund mobaynida shunday 
holatda turadi, shundan keyin uni bo’shatiladi. Zarurat bo’lganda 
ballonchani bir necha marta to’ldirish mumkin. 
Stenoz darajasining 20% dan ortiqroq kamayishiga erishilganda 
angioplastika yaxshi natija berdi deb hisoblanadi. AQShdagi tadqiqotchilar 
ma’lumotlariga ko’ra, toj arteriyalarini ballonli dilatatsiya qilishda 
taxminan 65% bemorlarda yaxshi natija olinadi. Toj arteriyalar 
angioplastikasi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asosiy asoratlar: 
o’tkir miokard infarkti (5,3%), toj arteriya okklyuziyasi (4,6%), toj arteriya 
spazmi (4,5%), qorinchalar fibrillyatsiyasi (1,8%) hisoblanadi. Ushbu 
amaliyotda o’lim darajasi – 1,2% ni tashkil etadi. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin