Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
105 Sahifa 
miokard sistolik harakat amplitudasi oshgan bo’ladi. Miokard 
qisqaruvchanligining segmentar buzilishlarini aniqlashga imkon beradigan 
sektoral skanerlash (ikki o’lchamli exokardiografiya), chap qorincha 
devorlari kinetikasining lokal buzilishlarini diagnostika qilishda ayniqsa 
qimmatli hisoblanadi. 
Chap qorincha funktsional qobiliyatiga baho berish uchun yurakning 
chap bo’limlarini kateterlash va chap qorinchada oxirgi diastolik bosimni 
va yurakdan otilib chiqqan qonni o’lchashning muhim ahamiyati bor. 
Yurakni kateterlashda bajariladigan chap tomonlama ventrikulografiya 
devorlari xarakatini va ularning kinetikasini o’rganish, shuning asosida 
qaytar (gipoksiya) va qaytmas (chandiqli) o’zgarishlar bo’lgan qorincha 
faoliyati buzilishlari o’rtasidagi differentsial diagnostika xajmlarini hisob-
kitob qilish imkonini beradi. Nitroglitserin qabul qilishdan oldin va keyin 
chap tomonlama ventrikulografiyani bajarish mumkin. F. Sones ishlab 
chiqqan va 1959 yilda klinik amaliyotga joriy qilgan selektiv 
koronografiya yurak ishemik kasalligini diagnostika qilishning asosiy va 
ko’p ma’lumot beradigan usullaridan hisoblanib, bu kasallikni aniqlash va 
uni jarrohlik usulida davolash masalasini uzil-kesil hal qilishda juda qo’l 
keladi. U tojsimon arteriyalar va asosiy tarmoqlarini ko’rish, ularning 
anatomik va funktsional holatini, aterosklerotik jarayon darajasini, 
kompensator kollateral qon aylanishi, tojsimon arteriyalar distal oqimini 
o’rganish uchun mo’ljallangan. Selektiv koronografiya 90-95% hollarda 
tojsimon o’zanning anatomik holatini ob’ektiv va aniq aks ettiradi. 
Yurak ishemik kasalligiga uchragan bemorlarga muolaja miokard 
gipoksiyasini 
bartaraf 
etish, 
shuningdek 
yurak 
ishemiyasining 
stenokardiya, yurak etishmovchiligi va yurak ritmi buzilishi singari klinik 
ko’rinishlarini yo’qotish yoki engillashtirishga qaratilgan. Kislorod sarfiga 
ehtiyoj bilan uni yurak mushagiga o’tkazish orasidagi buzilgan balansni 
dori-darmonlar bilan yo’qotish ikkita yo’l bilan amalga oshirilishi mumkin: 
1) toj arteriyalarda qon oqimini kuchaytirish yordamida ishemiyaga 
uchragan miokard perfuziyasini yaxshilash; 
2) ishemiyaga uchragan miokardning kislorodga extiyojini 
kamaytirish. 


O`quv qo`llanma
106 Sahifa 
Tomirni kengaytiradigan ta’sir hisobiga koronar toj arteriyalaridagi 
qon oqimini yaxshilash uchun nitroglitserin va boshqa organik xamda 
anorganik nitrobirikmalardan foydalaniladi. 
Yurak ishemiyasida yurak funktsiyasini yaxshilash maqsadida beta-
adrenergik retseptorlarni blokada qiladigan preparatlar (anaprilin, 
propranolol, obzidan, inderal) va boshqalar ishlatiladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin