Davolash.
Davolashning kuyidagi turlarini farq qilish mumkin:
1. Konservativ usul – operatsiya o’tkazishga monelik bo’lganda.
2. Xirurgik usul:
O`quv qo`llanma
124 Sahifa
- rekonstruktiv operatsiyalar: transaortal endarterektomiya, buyrak
arteriyasi replantatsiyasi, buyrak arteriyasini protezlash;
- ikkilamchi geperaldosteronizmni korrektsiya qilish uchun
buyrak arteriyalari va buyrak usti bezidagi simultan operatsiyalar.
- nefrektomiya.
3. Rentgenendovaskulyar usullar:
- buyrak arteriyalarini translyuminal angioplastikasi (yoki
rentgenoendovaskulyar dilyatatsiyasi – RED) stentlash yoki usiz;
- ikkilamchi giperaldosteronizmni korrektsiya qilish uchun buyrak
usti bezlaridagi simultan REA.
Renovaskulyar gipertenziyani davolashning eng samarador usuli
xirurgik usul bo’lib, buyrak arteriyalarining stenozi sababini bartaraf etish
va buyrakka normal qon oqimini tiklashga qaratilgan. 1952 yilga qadar
xirurgik davolashning yagona usuli nefrektomiya bo’lgan, u bir tomonlama
zararlanishda va kasallikning o’tib ketgan bosqichida amalga oshirilar edi.
Hozirgi kunda buyrak ichi qon tomirlari torayishida yoki zararlangan
buyrak gipoplaziyaga uchraganda va uning faoliyati yaqqol buzilgandagina
nefrektomiya bajariladi. Bundan tashqari, buyrak o’lchamlarining 8 sm va
undan kichik bo’lishi ham nefrektomiya uchun ko’rsatma hisoblanadi.
Qolgan hollarda buyrakda qon oqimini tiklashga qaratilgan, a’zoni saqlab
qoladigan operatsiyalardan keng qo’lamda foydalaniladi. Xirurgik
davolash natijalari VRG tashxisi va uning paydo bo’lish sababi nechog’lik
erta aniqlansa, shunchalik samarador bo’ladi.
Ayni vaqtda VRG li bemorlarda xastalik hatto xavfli kechganda ham
bemorga individual tanlangan gipotenziv vositalar yordamida ba’zan
yaxshi natijaga erishishga muvaffaq bo’linadi. Biroq buyrak arteriyasi
stenozi isbotlanganda muolaja o’tkazish tavsiya etilmaydi, chunki arterial
qon bosimining pasayishi buyrakda qon oqimini yanada yomonlashuviga
va qisqa vaqt ichida buyrakning ikkilamchi bujmayishiga, faoliyatining
yo’qotilishiga olib keladi. Kasallikning etiologiyasiga ko’ra balonli
dilatatsiya yoki stentlash 80% hollarda muvaffaqiyatli chiqishi mumkin.
Biroq bu muolajalar invaziv bo’lib, arteriyaning yorilishi yoki qirqilishiga,
buyrak yoki oyoqlarning ateromatoz emboliyasiga, kontrast keltirib
chiqargan nefropatiya sababli o’tkir buyrak etishmovchiligiga, punktsiya
sohasidan qon ketishiga va (kamdan-kam hollarda) bemor o’limiga olib
|