Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
134 Sahifa 
2. Ko’zdan kechirish tomir kasalliklarining diagnostikasi uchun 
muxim to’qima trofikasi buzilishlarini aniqlashga imkon beradi. Mushak 
atrofiyasi odatda arteriyal qon aylanishi surunkali buzilganda rivojlanadi. 
Aorta koarktatsiyasi uchun qo’l-oyoq muskulaturasining nomutanosib 
rivojlanishi xos. Teridagi distrofik o’zgarishlar (uning yupka tortishi, soch 
to’kilishi kabi) ham ko’pincha shu soxadagi qon aylanishining surunkali 
etishmovchiligi belgisidir. Tomir xastaliklarida teri rangining o’zgarishi 
(rangparlik, tsianoz) diagnostika uchun qimmatlidir. Bu simptomlarning 
qaerda joylashganini nazarda tutish muxim. Shu tufayli bemorni to’liq, 
ko’zdan kechirish, gavda va qo’l oyoqlarining simmetrik qismlarini albatta 
taqqoslab qo’rish zarur. 
3. Palpatsiya (paypaslab ko’rish) quyidagilarni aniqlash imkonini 
beradi: - gavda teri qismlaridagi xarorat o’zgarishiga baho berish va 
simmetrik segmentlar bo’yicha taqqoslash; - palpatsiyada ba’zi kasallik 
simptomini aniqlashga muvaffaq bo’linadi (masalan, arteriovenoz oqmada, 
sistolo-diastolik 
titrash, 
flebitlar 
borligi, 
aorta 
koarktatsiyasida 
qovurg’alararo arteriyalar pulsatsiyasi va x. k.); - tomirlar holatiga baho 
berish imkonini beradi; - oyoq-qo’llarning simmetrik satxlaridagi 
areteriyalar pulsatsiyasi palpator aniqlanadi va taqqoslanadi; - muayyan 
holatda paypaslab ko’riladi. Qorin bo’shlig’ini paypaslab, qorin arteriyasi 
anevrizmasini aniqlash mumkin. 
4. Perkussiya tomir kasalliklari diagnostikasida kam ahamiyatga ega. 
Biroq u ma’lum ma’lumot olish imkonini beradi: masalan, qorin aortasi 
anevrizmasi yorilganda, qorin pardasi orqasi gematomasini aniqlashda
ko’ks oralitada tomir dastasi chegaralarini aniqlashda yordam beradi. 
5. Tekshiruvni auskultatsiyasiz o’tkazishni to’la qimmatli deb 
hisoblash mumkin emas. Auskultatsiyani o’tkazsa bo’ladigan hamma 
nuqtalarda o’tkazish zarur. Normada magistral arteriya tepasida puls 
zarbini eshitish mumkin. Torayganda yoki patologik kengayganda sistolik 
shovqin, qon arterial o’zandan venoz o’zanga tushganda sistolo-diastolik 
shovqin paydo bo’ladi. U yoki bu arteriyani qaerida auskultatsiya qilishni 
bilish zarur. Chunonchi, uyqu arteriyasi bifurkatsiya soxasida ichki uyqu 
arteriyasining boshlang’ich bo’limi bilan birga pastki jag’ burchagi orasida 
eshitiladi. Imo-ishora muskuli orqasida umrov arteriyasidan shovqinlar 
eshitiladi, shu nuqtaning o’zida o’ng tomonda braxiotsefal stvoldagi 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin