Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
142 Sahifa 
Braxiotsefal tomirlarning normal o’tkazuvchanligini buzadigan 
uchinchi sabab – ekstravazal kompressiya hisoblanadi. Umurtqa arteriyasi 
og’zi surilganda, buralganda yoki oldingi zinapoyasimon muskul bilan 
bosilganda (umurtqa arteriyasi anomal chiqqanda) umurtqa arteriyasi 
bo’ylab qon oqimi kamayishi mumkin. Umurtqa arteriyalarining suyak 
kanalida stenozlanishi bo’yin osteoxondrozi rivojlanganda, osteofitlar, 
o’smalar tomonidan bosilganda ro’y berishi mumkin. 
Braxiotsefal arteriyalarning patologik egri-bugriligi arteriyaning 
uzayishi va keskin diviatsiyasi, shu joylarda buralish va o’tkazuvchanlik 
buzilishi sodir bo’lishi bilan ta’riflanadi. 
Qon oqimi izdan chiqishiga olib keladigan boshqa kasalliklar orasida 
kamdan-kam uchraydigan zaxm arteriitini qayd qilib o’tish kerak. Miya 
qon aylanishining buzilishlari yuqori arterial gipertenziya fonida rivojlana 
oladigan ichki uyqu arteriyasi anevrizmasiga bog’liq bo’lishi mumkin. 
Klinikasi.
Bu kasallikning klinik belgilari muayyan arteriyadagi 
okklyuziyaning joylashuviga va xarakteriga, izdan chiqqan magistral qon 
oqimining kompensatsiyasi bosqichiga bog’liq. Kasallikning patologik 
jarayonning topikasini va xarakterini aks ettiradigan klinik formalari 
(simptomlari) davolash usulini tanlashga imkon beradigan diagnozning 
zamonaviy turi xisoblanadi. 
1. 
O’mrov osti sindromi
– asosiy tarmoqlari chiqqandan keyin 
o’mrov osti arteriyasining eng distal qismidagi okklyuziya. Takayasu 
sindromida o’mrov osti arteriyasi bo’ylab qon oqimi deyarli 6% hollarda 
zarar ko’radi (B.V. Petrovskiy muallifdoshlari bilan). Ko’pchilik 
bemorlarda o’mrov osti sindromining etiologik omili arteriit, qolgan 
hollarda ekstravazal omillar, qo’shimcha bo’yin qovurg’alari va oldingi 
zina poyasimon mushak sindromi hisoblanadi. Bu sindromning mohiyati 
qo’l ishemiyasidir. Ishemiya darajasi kollateral qon aylanishi imkoniyatlari 
bilan belgilanadi. Dekompensatsiyalangan bosqich qo’l panjasi va bilakda 
ikkinchi – distal blok bo’lganda uchaydi, xolos. 
2. 
Umurtqa sindromi
– umurtqa arteriyasining ekstravazal bo’limida 
qon oqimining buzilishi va shu sababli miya tomirlarida etishmovchilik 
paydo bo’lishidir. Umurtqa sindromi alohida ko’rinishda qariyb
17% hollarda uchraydi. Umurtqa arteriyasining ekstrakranial bo’limida qon 
oqimi buzilishi uchta sathda – og’iz sohasida, suyak kanalida, kalla 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin