Gospital xirurgiyasi 145 Sahifa
III.
Tekshirishning
intraoperatsion
bosqichi: aorta ravog’i
braxiotsefal tarmoqlar taftishi, elektromagnit floumetriya, intraoperatsion
angiografiya. Braxiotsefal arteriyalari zararlangan bemorlar uchun
nevrologik, oftalmologik va otonevrologik xarakterdagi shikoyatlarning bir
qanchasi xosdir.
Ko’zdan kechirish to’g’ri diagnoz qo’yish uchun xech qanday yo’l-
yo’riqlar ko’rsata olmaydi. Paypaslab ko’rish chakka, uyqu, elka va bilak
arteriyalaridagi pulsatsiyaning o’zgarishlarini aniqlab beradi. Umumiy
uyqu va nomsiz arteriyalar okklyuziyasida zararlangan tomondagi na uyqu,
na chakka arteriyalarining pulsatsiyasi, tabiiyki, aniqlanmaydi. Biroq ichki
uyqu arteriyasi okklyuziyasida va uning stenozida bifurkatsiya soxasida
chakka arteriyasining pulsatsiyasi (urib turishi) xatto kuchaygan bo’lishi
mumkin, chunki butun qon oqimi tashqi uyqu arteriyasiga yo’naladi.
Arterial bosimni o’lchashni hamma qo’l va oyoqlarda olib borish
kerak. O’mrov osti arteriyasi zararlanganda sistolik arterial bosim simob
ustuni xisobida 80-90 mm gacha, puls bosimi simob ustuni xisobida
19-30 mm gacha pasayadi.
Auskultatsiya braxiotsefal tomirlar kasalliklarining birlamchi
diagnostikasida asosiy ahamiyat kasb etadi. Bifurkatsiya va ichki uyqu
arteriyasi stenozida pastki jag’ burchagidagi sistolik shovqin bemorlarning
75 foizida eshitiladi.
Qonni laboratoriyada tekshirish natijalari quyidagicha bo’lishi
mumkin: - qon elementlari (o’rtacha gipoxrom kamqonlik, o’rtracha
leykotsitoz, eritrotsitlarning cho’kish tezligi tezlashgan); - plazma oksillari
(gipoalbuminemiya, globulin fraktsiyalari, shuningdek fibrinogen oshishi);
- immunologik reaktsiyalar (musbat aktinuklear omil, Vasserman soxta
musbat reaktsiyasi).
Funktsional tekshirish usullari .
O’mrov
osti
arteriyasi
okklyuziyasida reovazogrammalar balandligi asimmetriyasi va to’lqinlari
xarakteri va qo’lning xajmiy sfigmogrammalari hamavaqt bor. Uyqu va
nomsiz arteriyalar zararlanganini diagnostika qilishda uyqu va yuza chakka
arteriyalarini sfigmografiya qilish katta yordam beradi. Okklyuziyada egri
chizik to’lqinlari pasayadi va shakli o’zgaradi. Reoentsefalografiya katta
yordam beradi, u uyqu arteriyasi bir tomonlama zararlanganda miya qon
ta’minotining yarimsharlararo asimmetriyasi belgilarini aniqlaydi, hamma