O`quv qo`llanma 144 Sahifa
bo’yicha hamda vertebrobazillyar tip bo’yicha ishemiyasidan, o’ng
qo’ldagi arterial etishmovchilik va o’ng ko’z ko’ruv qobiliyati buzilishidan
tashkil topadi. Kollateral qon aylanishining katta imkoniyatlariga qaramay,
nomsiz stvol okklyuziyasi g’oyat xavfli ofat – patologiya sanaladi va
serebral buzilishlar bunday bemorlarning amalda hammasida ertami-
kechmi yuz beradi.
6.
Qo’shma formalari – aorta ravog’i tarmoqlarining ko’p sonli
zararlanishlari bir-biri bilan turlicha qo’shilib kelib, 17-18% xollarda
uchraydi (I.A. Belichenko, 1970). Bu, aftidan, braxiotsefal tomirlarning
dastlabki aloxida ko’pgina zararlanishlarining nihoyasi hisoblanadi. Bu
guruxda kasallikning eng uzoq davomliligi 4-5 yil bo’lishi bejiz emas.
Klinik ko’rinishlari har bir ayrim holda g’oyat o’ziga xos va zararlangan
arteriyalar soniga hamda okklyuziya darajasiga bog’liq. Umurtqa va
karotid sindromlarning karotid va umrov osti-umurtqa sindromlarining
birga kelishi kuzatiladi. Nihoyat, hamma ma’lum sindromlar birga uchrashi
mumkin.
A.V. Pokrovskiy miyada qon aylanishi buzilishining quyidagi
guruxlarini tafovut qiladi:
1. Simptomsiz okklyuziyalar – 23,6%.
2. Miya qon aylanishining tranzitor ishemiya xurujlari bilan
o’tadigan ko’chma buzilishlari – 40,5%.
3. Distsirkulyator entsefalopatiya – 11%. 4. Ishemik insultlar va
ularning qoldik hodisalari – 25%.
Diagnostikasi. Takayasu
sindromi
bo’lgan
bemorlarda
o’tkaziladigan diagnostik tadbirlar yig’indisini shartli ravishda uchta
bosqichga bo’lish mumkin:
I. Umumiy klinik tekshirishlar bosqichi: so’rab-surishtirish va
kasallikning anamnezini yig’ish, bemorni ko’zdan kechirish, aorta ravog’i
tarmoqlarining holatini, shuningdek yuza joylashgan magistral arteriyalarni
palpator va auskultativ aniqlash. Arterial bosim ikkala qo’l va ikkala
oyoqda aniqlanadi.
II. Tekshirishning ixtisoslashgan statsionar bosqichi: - laboratoriya
tekshirish usullari; - funktsional tekshirish usullari; - nefrologik tekshirish;
- oftalmologik tekshirish; - otonevrologik tekshirish; - rentgen kontrast
tekshirish (aortografiya yoki selektiv angiografiya).