O`quv qo`llanma 140 Sahifa
ko’tiriladigan va ko’krak aortasi, aorta ravog’i tarmoqlari, qorin aortasi
kontrastlanishi va vistseral arteriyalar selektiv arteriografiya qilinishi
mumkin. Selektiv angiografiya. Bunda kateter uchi (uchki bo’limi
muayyan konfiguratsiyali maxsus kateter qo’llaniladi) qilinishi lozim
bo’lgan tomirga kiritiladi, keyin kontrast modda in’ektsiya qilinadi.
Koronarografiya
–
toj
arteriyalarni
kontrast
tekshitish.
Koronarografiyaga ko’rsatmalar: 1) tipik stenokardiya va boshdan
kechirilgan miokard infarktining klinik manzarasi; 2) boshqa kasalliklar
bilan izoxlash mumkin bo’lmagan atipik og’riq; 3) yurak klapan apparati
patologiyasi bilan bog’liq, bo’lmagan yurak ritmi buzilishi; 4) miokardni
bevosita revaskulyarizatsiya qilish operatsiyasidan keyin aylanma shuntlar
o’tkazuvchanligini aniqlash; 5) infarkt oldi holati va o’tkir miokard infarkti
rivojlanishining dastlabki soatlarida. Koronarografiyaga monelik qiladigan
hollar: 1) isitma holatlari; 2) parenximatoz organlarning og’ir holati;
3) yurak ritmining og’ir buzilishlari; 4) miya qon ta’minotining o’tkir
buzilishlari; 5) yod preparatlariga ortiqcha sezuvchanlik.
Aorta ravog’i okklyuzion kasalliklari Takayasu sindromi degan nom ostida braxiotsefal arteriyalarni
toraytiradigan yoki tutilib qolishini keltirib chiqaradigan va bosh miya
hamda qo’llar ishemiyasiga olib keladigan har xil etiologiyali kasalliklar
guruxi birlashtiriladi. Yapon oftalmologi Takayasu 1908 yilda yosh
ayollarda ko’z to’rsimon pardasi arteriyasining zararlanishi va qo’lda puls
yo’qligi bilan ta’riflanadigan tomirlar kasalligini tasvirladi. Adabiyotda bu
sindrom kashfiyotchi sharafiga Takayasu deb ataldi. Bu patologiya
adabiyotda boshqa nomlar bilan ham yuritiladi, ulardan eng keng
tarqalgani «aorta ravog’i sindromi», «puls yo’qligi kasalligi», «Martorelle
sindromi», «yosh ayollar arteriiti», «Gigant xo’jayrali arteriit», «Takayasu
sindromi» va boshqalardir. Bu kasallikning anchagina tarqalganligi va
prognozining yomonligi, miya insultiga va davolash usullariga oid
qarashlarning qayta ko’rib chiqilishi munosabati bilan uning klinik
ahamiyati etarlicha muximdir.
Ishemik insult paydo bo’ladigan bemorlarning taxminan yarmida
bosh miyani ta’minlaydigan kalla suyagidan tashqaridagi arteriyalarda
zararlanishlar bo’ladi. Aterosklerozda bosh miyaning ishemik