Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
139 Sahifa 
masalasi hal qilinadi. Angiografiya o’tkazishda ehtimol, tutilgan 
asoratlarni yodda saqlash kerak. Hozir ixtisoslashgan bo’limlarda og’ir 
asoratlar 0,5-1,0% gacha uchraydi. Angiografiyaning quyidagi turlari bor. 
Arteriografiya. Kontrast modda bevosita yaqin arteriyada yoki 
aortografiyada birmuncha olis qismlarda in’ektsiya qilinishi mumkin.
Teri orqali punktsion arteriografiya qilish. Bu usul oyoq-qo’l tomirlarining 
diagnostikasida qo’llaniladi. Punktsion arteriografiyadan son arteriyasi 
distal bo’limi zararlanganiga, taqim osti arteriyasi va boldir arteriyalari 
kasalliklariga shubxa bo’lganda foydalaniladi. Aorta ravog’i tarmoqlari 
zararlanganligini diagnostika qilish uchun ham punktsion arteriografiyadan 
foydalanish mumkin. Umurtqa arteriyasini tekshirish uchun kontrast 
moddani qo’ltiq arteriyasini teri orqali punktsiya qilish yo’li bilan qon 
oqimiga qarshi yuboriladi. 
Aortografiya. Xozir uning quyidagi metodlari qo’llaniladi. Aortani 
turli satxlarda punktsiya usuli bilan aortografiya qilish: - parasternal 
punktsiya aortaning boshlangich bo’limlari va toj arteriyalarni kontrast 
tekshirish uchun qo’llaniladi; - retroplevral punktsiya. Aorta pastki ko’krak 
bo’limini kontrast tekshirish uchun qo’llaniladi; - translyumbal punktsiya. 
qorin aortasi va oyoq arteriyalari ateroskleroz, aorto-arteriit yoki boshqa 
jarayon bilan zararlanganda ularni kontrastlash uchun 1929 yilda
Dos Santos taklif etgan aortaning bevosita translyumbal punktsiyasi qo’l 
keladi. Agar qorin aortasi vistseral tarmoqdarini kontrastlash zarur bo’lsa,
XII ko’krak umurtqasi satxida yuqori translyumbal aortografiya bilan aorta 
punktsiyasi bajariladi. Agar qorin aortasi bifurkatsiyasi va oyoq 
arteriyalarini kontrastlash vazifasi qo’yilgan bo’lsa, II bel umurtqasi pastki 
cheti sathida aortani pastki translyumbal punktsiya qilishdan foydalaniladi. 
Kateterni periferik arteriya orqali o’tkazish metodi ham bor. Aortaga son, 
elka, bilak, umumiy uyqu va kindik arteriyasi orqali o’tkazish va zarur 
satxda o’rnatilishi mumkin. 
Aortani Seldinger usulida teri orqali, son orqali kateterlash keng 
qo’llanilyapti. Son arteriyasini igna bilan punktsiya qilinadi va u orqali tor 
ko’rinishidagi metall o’tkazgich kiritiladi. Igna chikariladi, o’tkazgich esa 
arteriya bo’shlig’ida qoldirilib, u orqali kateter kiritiladi. O’tkazgich 
chiqarilgandan keyin kateter aortaga yoki uning tarmoqlariga kiritiladi va 
aortografiya bajariladi. Son arteriyasi orqali zond kiritilganda yuqoriga 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin