Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
151 Sahifa 
ateroskleroz ko’p uchraydi (70-85%). Aortaning yallig’lanish kasalliklari 
orasida uning stenoziga – zaxm aortiti, infektsion arteriitlarning boshqa 
turlari, shuningdek nospetsifik aorto-arteriit sabab bo’lishi mumkin. Qorin 
aortasining okklyuziyalovchi kasalliklari klassifikatsiyasi jarayonning 
joylashuvi va turini hamda ishemiya manzarasining qandayligini hisobga 
olgan holda etiologik printsip bo’yicha tuziladi. Etiologiyasi bo’yicha 
qorin aortasi zararlanishi orttirilgan (ateroskleroz, nospetsifik aorto-arteriit, 
endarteriit, postembolik okklyuziya, shikast oqibatlari va b.) va tug’ma 
(gipoplaziya, aplaziya, fibroz-mushak displaziyasi) turlarga bo’linadi. 
54 – rasm. Oyoqlar arteriyalarining aterosklerozda 
zararlanishini uchrashi. 
 
Qorin aortasining stenotik zararlanishi yonbosh arteriyalarning bir 
yoki ikki tomonlama zararlanishi bilan o’tishi mumkin. So’nggi xili tipik 
Lerish sindromi hisoblanadi. Arteriyalarning zararlanish darajasi (stenoz 
yoki okklyuziya) va distal tomir o’zani holati, xususan son-taqim zonasida 
okklyuziya borligi va boldir arteriyalari okklyuziyalari borligini aniqlash 
muhim. 
Son arteriyalari okklyuziyasida asosiy kollateral sifatidagi son 
chuqur arteriyasining o’tkazuvchanligi muhim ahamiyatga ega. Ishemik 
sindromning yuzaga chiqqanligiga ko’ra kasallikning 4 bosqichi farq, 
qilinadi. 


O`quv qo`llanma
152 Sahifa 
I bosqichda oyoqda og’riq, zo’r jismoniy harakatda, masalan,
1 kmdan ko’p masofa bosib o’tilganda paydo bo’ladi. 
Ishemiyaning II bosqichida og’riq, kamroq yo’l yurilganda vujudga 
keladi. 200 metrlik masofa shartli mezon qilib olingan. Agar bemor 
odatdagicha odimlab 200 m dan ortiq masofani og’riqsiz bosib o’tsa, uning 
holatini ishemiyaning II «A» bosqichi sifatida belgilaydilar. Agar normal 
odimlashda 200 m yurilmasdan og’riq paydo bo’lsa, bu – ishemiyaning
II «B» bosqichi hisoblanadi. 
Tinch turilganda yoki 25 m dan kam yurilganda og’riq tursa, bu – 
ishemiyaning III bosqichi sifatida qaraladi. 
Ishemiyaning 
IV 
bosqichi 
to’qimalarning 
yara-nekrotik 
o’zgarishlarga uchrashi bilan ta’riflanadi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin