Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Klinikasi.
Arterial o’zagining aorta-yonbosh segmenti zararlanganda 
oyoq ishemiyasi klinik manzarasi rivojlanishiga faqat 3 ta omil sabab 
bo’lishi mumkin: 1) aorta ateromatoz pilakchalari yaraga uchrab, distal 
o’zanning ateromatoz emboliyasi; 2) terminal aorta va umumiy yonbosh 
arteriyalarining trombozi; 3) oyoqlar distal bo’limlari (son va taqim osti 
segmentlari) birgalikda aterosklerotik zararlanishi. Xuddi shu «ko’p 
qavatli» aterosklerotik zararlanish zo’riqish ishemiyasi manzarasi, so’ngra 
tinchlikdagi oyoq ishemiyasi avj olishiga olib keladi. Bu jarayon 
oyoqlarning ro’yrost trofik o’zgarishlari bilan, gangrena rivojlanishi bilan 
tugallanadi. Oyoqlarning klinik yuzaga chiqadigan ishemiyasi qorin aortasi 
terminal bo’limining to’liq okklyuziyasida yoki aortayonbosh segment 
stenozida paydo bo’ladi. Qorin aortasi stenozlovchi zararlanishlarining 
klinik manzarasi joylashgan o’rniga, uzunligiga, kollateral qon aylanishi 
avj olishiga va kasallikning qachon boshlanganiga bog’liq va chanoq 
organlari, dumba va oyoq muskullarida ishemiya avj olishi bilan aloqador 
bo’ladi. Bemorlar yurganda birinchi galda boldir muskullaridagi og’riqdan 
noliydilar. Og’riq tekis joydan yurganda to’satdan paydo bo’ladi va tez 
o’tib ketmaydi. Bemor to’xtab qolishga majbur bo’ladi. Toqqa 
ko’tirilganda yoki zinapoyadan chiqilganda og’riq tezrok paydo bo’ladi. 
Qorin aortasi zararlangan bemorlarning amalda qariyb 90 foizi oqsoqlanib 
qolganliklari sababli vrachga murojaat qiladilar. 
Aorta okklyuziyalarida ishemik 
og’riqlar asosan dumba 
muskullarida, boldir va son muskullarida (aksariyat orqa va lateral satxi 


Gospital xirurgiyasi
153 Sahifa 
bo’ylab) xarakat vaqtida paydo bo’ladi. Erta bosqichda oqsoqlanishning bu 
turi dumbalar soxasida va sonlarning orqa yuzasida tortishish 
ko’rinishidagi og’riq sezgilari yuzaga kelishidan iborat bo’ladi. Vrachlar 
ko’pincha buni bel-dumgaza radikuliti yoki kuymich nervi yallig’lanishi 
deb hisoblaydilar. Ayrim bemorlar chanoq tubi mushaklarining arterial 
etishmovchiligi simptomlarini – sfinkterdan bo’ladigan oqsoqlikni qayd 
qiladilar. Bemorlar odimlashdagi og’riqdan tashqari oyoq uvishishi
sovqotishini qayd qiladilar. Bundan tashqari, oyoqlardagi tuklar to’kilib, 
oyoq barmoqlaridagi tirnoqlar sekin o’sadi. Qorin aortasi okklyuziyalovchi 
kasalliklarining ikkinchi klassik simptomi jinsiy ojizlik hisoblanadi. Qorin 
aortasi okklyuziyasida bu simptom 53,7% bemorlarda aniqlanadi. Jinsiy 
maylsizlik kelib chiqishida chanoq organi ishemiyasi bilan birga surunkali 
arterial spinal etishmovchilik muhim o’rin tutadi. Ko’zdan kechirilganda 
oyoq mushaklarining oz-moz gipotrofikligi ma’lum bo’ladi. Bemorlarning 
yarmida teri katlamlari, ayniksa oyoq panjasining ranggi o’zgargan – 
tsianoz, shish va giperemiya bo’ladi. Paypaslab ko’rish panjalarning ikkala 
arteriyalarida (panjaning orqa arteriyasi va orqa katta boldir arteriyasi) 
pulsatsiya yo’qligini topishga yordam beradi. Odatta taqim osti arteriyasida 
ham pulsatsiya bo’lmaydi. Ko’proq zararlangan tomondagi son arteriyasida 
ham odatda pulsatsiya bo’lmaydi. Ayni vaqti – boshqa periferik 
arteriyalarning pulsatsiyasini ham aniqlash shart. Auskultatsiya qorin 
aortasi zararlanishining eng muhim diagnostik belgisi – sistolik shovqinni 
topishga imkon beradi, u ko’proq son arteriyalari ustida eshitiladi. 
Bemorlarning deyarli uchdan bir qismida sistolik shovqin qorin aortasining 
naqt tepasida aniqlanadi. Bu shovqin aksariyat stenozlangan tomir ustida 
eshitiladi, okklyuziyalangan arteriya ustida u bo’lmasligi mumkin. Qorin 
aortasi zararlanganda oyoqlardagi arterial bosim aniqlanmaydi yoki keskin 
pasaygan bo’ladi. Bemor qorni bosib yotganida arterial bosimni aniqlash 
uchun manjetkani soniga qo’yiladi va stetoskop bilan taqim osti arteriyasi 
eshitib ko’riladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin