O`quv qo`llanma 162 Sahifa
rivojlanganligini aniqlash zarur. Jinsiy funktsiyaning buzilish darajasi,
davolashning nechog’lik naf berayotganligini albatta bilish kerak.
Bemorni ko’zdan kechirishda teri rangining o’zgarganligiga, oyoqlar,
chanoq kamari va jinsiy organlarda atrofiya borligiga, trofik buzilishlarga
ahamiyat berish zarur. Oyoqlar magistral arteriyalari, jinsiy olat orqa
arteriyasining albatta paypaslashdan tashqari, paypaslash mumkin bo’lgan
hamma arterial tomirlar paypaslab chiqiladi. Hamma arteriyalar
auskultatsiya qilinishi lozim. Oyoqlarda va qo’llarda arterial bosimni
o’lchash muxim ahamiyatga ega. Qorin aortasi okklyuzion zararlangan
bemorlarning 85 foizida oyoqlar ishemiyasi uchun xos muskul atrofiyasi
simptomi aniqlanadi. Ayni vaqtda mushak tonusi, mushak kuchi va ish
kobiliyatining pasayishi qayd qilinadi. Birmuncha distal okklyuzion
zararlanishlardan farqli ravishda bu simptom ko’pincha ikki tomonlama va
boldir muskullari bilan birga son va chanoq kamari muskulllarini ham
qamrab oladi.
II. Terminal aorta va yonbosh arteriyalarning okklyuzion
zararlanishlari bo’lgan bemorlarni tekshirishning dastlabki klinik bosqichi
muayyan izchillikda o’tkazilishi va oyoqlar ishemiyasini hamda boshqa
xayotiy muxim organlar (miokard, miya, vistseral organlar, buyraklar)
funktsiyasini
o’rganishga
qaratilmog’i
lozim.
Shuning
uchun
tekshirishning bu bosqichi ikkita yo’nalishga bo’linadi.
Birinchi yo’nalishning vazifasi – oyoqlar magistral va kollateral qon
oqimi holatini, tomirlarning stenozlovchi zararlanishi qaerda joylashgani
va holatini, oyoqlar regional gipoksiyasi darajasini, shuningdek qonning
koagulyatsiya va reologik xossalarini aniqlashdan iborat. Bemorlarni
tekshirishni bajarish uchun quyidagi diagnostik testlar: arterial
osteografiya, teri termometriyasi, kapillyaroskopiya, hajmli sfigmografiya,
reovazografiya, oyoqlar termografiyasi, ularni skanerlash, vena ichi
radioizotop angiografiyasi, terida va mushaklarda qon oqimini o’rganish,
polyariografiya o’tkaziladi.
Ikkinchi yo’nalishning vazifasi – magistral qon oqimi holati va
boshqa organlarning funktsional holatini aniqlash lozim, buning uchun
bemorlarda umumiy klinik va qonni bioximiyaviy tekshirishlar, EKG,
FKG, EEG, buyraklar va me’da-ichak yo’li organlarini tekshirish shart.
Oyoqlarda to’qima (teri va muskul) qon oqimini mikdoriy aniqlash xozirgi