Gospital xirurgiyasi 163 Sahifa
vaqtda xujayra membranalari orqali bemalol o’tadigan radioaktiv izotoplar
yordamida o’tkaziladi. Bu metodikalarning qimmatli tomoni shundaki,
to’qimalar birligi orqali oqadigan qon miqdori qon aylanishining buzilish
darajasini va kasallikning klinik manzarasini belgilaydigan asosiy
omillardan biri hisoblanadi. Mikrotsirkulyatsiyani izotoplar yordamida
o’rganish metodi atravmatik, ko’p axborot beradi, sezuvchanligi bilan
ajralib turadi, o’rganilayotgan ob’ektdagi effektiv qon oqimi to’g’risida
tushuncha beradi. Bemorlarni oldindan klinik tekshirish oyoqlarning qon
bilan ta’minlanishining buzilish darajasini aniqlash va magistral qon oqimi
tiklangandan keyin trofik buzilishlarning qayta tiklanishiga imkon beradi.
Tekshiruvning xuddi shu bosqichida xayotiy muxim organlarning ishlashi,
koronar va braxiotsefal arteriyalar xavzasida qon oqimini kompensatsiya
qilish darajasi to’g’risida etarli axborot olish mumkin. Bularning jami
operatsiyaga umumiy ko’rsatmalarni belgilash va operatsiyadan keyingi
davrni prognoz qilish imkoniyatini beradi. Biroq topik diagnozni uzil-kesil
aniqlash, rekonstruktiv operatsiya usuli va hajmini tanlash uchun
yakunlovchi tekshiruv – kontrast angiografiya qilish zarur. Rentgen
kontrast tekshirishdan maqsad okklyuziya va stenozning qaerda
joylashgani va darajasini bilish, patologik jarayon soxasida tomirlar devori
holatini aniqlash, kollateral o’zan holatini topish va obstruktsiyadan
distalroq masofada magistral arteriyalarni to’ldirish hisoblanadi. Ikkita
satxni: qorin stvolidan boshlab hamma asosiy tarmoqlari va son hamda
taqim osti arteriyalari, shuningdek boldir tomirlari bilan tugallanadigan
qorin aortasini qayd qiladigan seriyali angiografiya birmuncha afzal
sanaladi.
Translyumbal aortografiya tanlash metodi hisoblanadi. Qorin aortasi
okklyuziyasiga shubxa qilinganda dastlabki tekshirish metodlariga
asoslanib, aorta XII ko’krak umurtkasi satxida yuqori translyumbal
punktsiya qilinishi kerak. Aorta-yonbosh zonasidagi okklyuziyali
jarayonda II bel umurtqasi tanasining yuqori cheti satxida past
translyumbal punktsiya qilinishi mumkin. Angiografik manzara aorta va
uning tarmoqlari zararlanishining bevosita va bilvosita belgilaridan tarkib
topadi. Aorta bo’shlig’ining to’liq okklyuziyasi uchun u yoki bu satxda
aorta kontrast tasvirining uzilishi xarakterli. Uzilish chizig’i notekis,
gorizontal yo’nalishga ega. Okklyuziya soxasi ustida ba’zan aorta