O`quv qo`llanma 164 Sahifa
kontrastlanish darajasining bir oz kuchsizlanishi ma’lum bo’ladi, bu
trombotik massalarning aortaning oldingi-orqa yarim doirasi bo’yicha
okklyuziya bo’lgan joydan yuqorida tarqalganligiga bilvosita ishora
bo’lishi mumkin. Bu fenomenni yon tomonlama aortogrammada bevosita
angiografik belgilar bilan tasdiqlash mumkin. Okklyuziya distal
chegarasining darajasi angiogrammalar seriyasida ko’rinadi.
Qorin aortasining buyrak arteriyalari va vistseral tarmoqlar
zararlanganiga shubxa qilingan yuqori okklyuziyalarida ikkita proektsiyada
seriyali angiogramma qilinadi. Bu kontrast moddaning buyrak arteriyalari
va vistseral tarmoqlar bo’ylab tarqalishini vizualizatsiya qilish, shuningdek
kollateral qon aylanishini aniq bajarilishi uchun zarur. Qorin aortasi
angiografik okklyuziyalarning quyidagi ta’rifi bor: Qorin aortasining past
okklyuziyasi – kontrast tasvirning pastki ichak tutqich arteriyasi og’zi
satxida yoki undan pastda uning antegrad to’ldirilishi bilan uzilishi. Qorin
aortasining o’rta okklyuziyasi – kontrast tasvirning pastki ichak tutqich
arteriyasi satxida yoki undan yuqorida uning retrograd to’ldirilishi bilan
uzilishi. Qorin aortasining yuqori okklyuziyasida asosiy jarayonga
qo’shilmagan buyrak arteriyalari satxida kontrast tasvirning o’zilishi ular
kontrast modda bilan to’lganda buyrak arteriyalari satxida qayd qilinadi.
Buyrak arteriyalarining qo’shilib ketgan zararlanishida okklyuziya darajasi
odatda notekis, buyrak arteriyalari og’zini qamrab olgan bo’ladi. Qorin
aortasining jarayonga buyrak arteriyalari va vistseral tarmoqlar qo’shilgan
yuqori okklyuziyasi boshqa rentgenologik ta’rifga ega. Kontrast tasvirning
uzilish sathi buyrak arteriyalari og’zi sathida aniqlanadi, uning chetlari
suprorenal segmentga tarqalishga moyilligi borligidan bilinmaydi. Bu
segment aksariyat kuchsiz kontrastlangan, bu trombning buyrak arteriyalari
og’zidan yuqoriga tarqalganligidan darak beradi. Agar oldingi-orqa
proektsiyada buyrak arteriyalari etarli darajada ko’rinsa, vistseral
tarmoqlarni bu proektsiyada hamisha ham aniqlab bo’lmaydi. Yuqorida
ko’rsatilganidek, bu qorin stvoli og’zi va yuqori ichak tutqich
arteriyasining qatlamlanishi bilan bog’liq.
Ateroskleroz
va
nospetsifik
aorto-arteriitda
qorin
aortasi
okklyuziyasining angiografik semiotikasi, xar xil manzaraga ega.
Ateroskleroz uchun kontrast tasvir o’zilishning notekis tasbexsimon