Gospital xirurgiyasi 161 Sahifa
bo’lgan bemorlarning 55 foizida aniqlanadi. Oyoqlar, shok organlari va
yo’g’on
ichak
ishemiyasi
simptomlariga
arterial
gipertenziya
simptomatikasi qo’shilib keladi. Ko’pchilik hollarda ular buyraklar qon
ta’minoti bo’lishi bilan bog’liq. Biroq qator hollarda arterial gipertenziya
buyrak arteriyalari zararlanmay o’tadigan qorin aortasining pastki
okklyuziyasi bo’lgan bemorlarda aniqladi.
Ichak tutqich arteriyasidan pastdagi qorin aortasi okklyuziyasi
bemorlarning 35 foizida, o’rta va yuqori okklyuziyalarda esa bu raqam
65 foizga etadi. Bu dalil shuni ko’rsatadiki, okklyuzion jarayon qorin
aortasida proksimal tarqalganda arterial gipertenziyali bemorlar soni
ko’payadi.
Qorin aortasi okklyuziyasiga shubxa tug’diradigan simptomlardan
biri oyoqning hamma nuqtalarida pulsatsiyaning yo’qligi hisoblanadi.
Diagnostikasi. Qorin aortasi okklyuziyalari klinikasi etarlicha
ravshan va ko’pchilik hollarda diagnoz qo’yish qiyinchilik tug’dirmaydi.
Endi diagnoz qo’yish masalasi dastlabki qorin aortasi obturatsiyasi
darajasini aniqlash, oyoqlarda qon aylanishi kompensatsiyasi darajasini,
periferik o’zan holatini bilish mutaxassislarning xozirgi kundagi vazifasi
hisoblanadi. Kasallik diagnostikasida buyrak arteriyalari va qorin aortasi
vistseral tarmoqlari holatini, shu magistral arteriyalardan qon bilan
ta’minlanadigan organlarning zararlanish darajasini aniqlash muxim va
nixoyat, o’zil-kesil diagnoz qo’yishga imkon beradigan tekshirishlar
yig’indisiga miya va toj tomirlar qon oqimi holatini o’rganish ham kirishi
kerak.
Tekshirish bosqichlarini shartli ravishda ambulator, dastlabki va
klinik bosqichlarga bo’lish mumkin:
I. Tekshirishning ambulator bosqichi maxsus jixozlar talab etmaydi
va xar kanday tibbiy muassasada o’tkazilishi mumkin. Anamnez yig’ish –
mas’uliyatli davr va quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: bemorning
yoshi, kasallikning birinchi simptomlaridan boshlab boshlangan davri,
ishemiya zonasining dinamikada ko’payishi, uning yuqoridan pastga yoki
pastdan yuqoriga tarqalishi kabilar. Bel va chov soxalaridagi ishemiyani
aniqlashga, fiziologik yo’nalishlarning buzilishi, axlat xarakteriga alohida
ahamiyat berilishi lozim. O’zgarib turadigan cho’loqlik intensivligi va
xarakteri, oyoqda og’riq sindromi borligi, trofik buzilishlar