Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
156 Sahifa 
55 – rasm. Lerish sindromida o’tkaziladigan shuntlovchi operasiya. 
 
Hozirgi vaqtda Lerish sindromini operatsiya usuli bilan davolash 
tomir xirurgiyasining yaxshi ishlab chiqilgan bo’limi hisoblanadi.
Qorin 
aortasi 
bifurkatsiyasi 
va 
yonbosh 
arteriyalari 
normal 
o’tkazuvchanligini tiklash uchun rekonstruktiv operatsiyalarning xar 
uchala 
turi: 
rezektsiya 
qilib 
protezlash, 
alloshuntlash 
va 
endarterektomiyadan 
foydalaniladi. 
Qorin 
aortasi 
okklyuziyasida 
rezektsiya bilan (aortani kesib tashlamay) protezlash o’tkaziladi. Agar 
qorin aortasining stenozlovchi zararlanishida (yoki yonbosh arteriyalari 
o’tkazuvchanligi saqlanib qolgan bo’lsa, bifurkatsion aorta-son 
alloshuntlashni amalga oshirgan yaxshi. Bemorning og’ir somatik holatida 
oyoqlarda qon aylanishini tiklash uchun «yuza» yonbosh-son yoki 
chatishma son-son va chatishma yonboshson shuntlash metodlaridan 
foydalanish mumkin. Oyoqning xatto III va IV darajali ishemiyasida 70% 
bemorlarda rekonstruktiv operatsiya qilish va oyoqni saqlab qolish 
mumkin. 
Ko’pchilik bemorlarda tomirlarning ikki tomonlama zararlanishi 
uchraydi. Klinikasi bir tomonda ifodalangan bo’lishiga qaramay, tomirlar 


Gospital xirurgiyasi
157 Sahifa 
rekonstruktsiyasini ikkala tomondan bajarish zarur. Qorin aortasidagi 
operatsiyalarda o’lim 2 dan 10% gacha o’zgarib turadi. Ko’pchilik 
bemorlarda xirurgik davolash natijalari yaxshi. 83% bemorlarda yaxshi 
natija saqlanib qoladi. Operatsiya qilingan 10-15% bemorlarda 
ateroskleroz jarayoni avj olishi yoki distal anastomozlar soxasida yangi 
intima o’sib qalinlashuvi sababli rekonstruktsiyalangan segment trombozi 
tufayli simptomlar yana paydo bo’lish extimoli bor. Tomir protezlari 
odatda asoratlar bermaydi. Oyoq distal tomir o’zani o’tkazuvchanligi 
saqlanib qolganda (son chukur arteriyasi va loaqal bitta boldir arteriyasida) 
bemorda takror operatsiya o’tkazish mumkin, u 75% bemorlarda yaxshi 
chiqadi va oyoqda qon aylanishi qayta tiklanadi. 
Rekonstruktiv operatsiyalar natijasi ko’p jixatdan qon tomir o’zani 
holatiga bog’liq. Oyog’ida gangrenalari bo’lgan bemorlar guruxida 
rekonstruktiv operatsiyadan 5 yil o’tgach yaxshi natijalar va amputatsiyaga 
mahkum bo’lgan bemorlarda oyoqning saqlanib qolish 58% hollarda qayd 
qilingan. Lerish sindromida rekonstruktiv operatsiyalar ko’pchilik 
bemorlarda simptomlarni bartaraf etadi va normal xayotga qaytish 
imkonini beradi. 
Rentgenendovaskulyar dilatatsiya
. So’nggi vaqtlarda angiografiya va 
rentgenendovaskulyar xirurgiyaning jadal rivojlanishi munosabati bilan 
yangi istiqbolli yo’nalish – zararlangan arteriyalarning translyumbal 
angioplastikasi bilan bir vaqtda nitinol spiral yordamida endoprotezlash 
vujudga keldi (I.X. Rabkin va b.). Yonbosh va son arteriyalarining 
rentgenendovaskulyar dilatatsiyasi rekonstruktiv operatsiyalar hajmini 
kamaytirishga, o’limni kamaytirishga va keyingi natijalarni yaxshilashga 
imkoniyat yaratdi. 
Konservativ davolash
. Qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh 
arteriyalari zararlanib, ishemiyaning I-IIA darajasi bo’lgan bemorlarda
1-2 oygacha konservativ davo qilinadi. Bunday davoni yiliga 2-3 marta 
rekonstruktiv tomir operatsiyalaridan keyin o’tkazish maqsadga muvofiq. 
Quyidagi preparatlar guruxlari ishlatiladi: 
1. Ganglioblokatorlar: bupatol, midokalm, vaskulat. 
2. Me’da osti bezlari preparatlari: andekalin, dilminal, angiotrofin, 
padutin, depo-padutin, depo-kallikrein, priskol, vazolastin. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin