Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
160 Sahifa 
Qorin aortasining pastki okklyuziyasida oyoqlarda qon aylanishi 
etishmovchiligining klinik manzarasi quyidagicha xarakterlanadi: yurishda 
oyoq og’rishi, 100-200 m yurilganda oqsoqlanish. Og’riq oyoqning xar 
qanday bo’limida, jumladan distal bo’limlarida bo’lishi mumkin. Biroq 
og’riq ko’prok son va dumbalarda bo’lib, yurishda va jismoniy xarakatda 
paydo bo’ladi. 
Qorin aortasi yuqoriga ko’tiriladigan trombozi jarayoniga pastki 
ichak tutqich arteriyasi tortilgan o’rta okklyuziyada oyoq, ishemiyasining 
yuqorida tasvirlangan ko’rinishi og’irlashadi. Bundan tashqari, o’nga 
chanoq, organlaridagi yo’g’on ichak terminal bo’limi ishemiyasining klinik 
manzarasi qo’shiladi. Bu patologiyada sonlar ichki yuzasi, chov, jinsiy 
organlar terisida uvishib qolish sezgisi ko’zatiladi. Aksariyat bemorlar bel 
soxasida doimo og’irlik yoki og’riq sezadilar, shu sababli bel-dumgaza 
radikulita va deformatsiya qiladigan spondilyozdan muvaffakiyatsiz 
davolanadilar. To’g’ri aniqlangan diagnozgina bu og’riqlarning xaqiqiy 
tabiatini aniqlashiga imkon beradi. 
Ishemik sindromning belgilaridan biri ichning kabziyat yoki ich 
ketishi ko’rinishida buzilishidir, og’irroq, hollarda ich kelmay va siydik 
ajralmay qoladi. Tez charchab qolish, yurish va xarakat vaqtida son va 
dumbalarda og’riq, paydo bo’lishi qorin aortasining o’rta okklyuziyasi deb 
shubxa qilishga imkon beradigan simptomdir. Yangi kollaterallar vazifasi 
buzilib, kasallikning yanada avj olishi ishemiya zonasi kengayishiga olib 
keladi va odatda oyoq distal bo’limlarining qon bilan ta’minlanishi 
yomonlashadi. Bu kasallik klinik manzarasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu qorin 
aortasi o’rta okklyuziyasi bor bemor uchun xos. Ayrim xollardagina distal 
bo’limlarda ishemiya proksimal yo’nalishda ortib borishi mumkin. 
Vizual ko’zdan kechirishda amalda hamma hollarda boldir va son 
muskullari atrofiyasi hamda teri qoplamlarining rangparligi yoki 
marmarsimonligini payqash mumkin. Oyoq panjasidagina emas, balki 
boldir, son va dumba soxasida teri xarorati pasayishi mumkin. 
Qorin aortasi yuqori okklyuziyalarning doimiy va xarakterli 
belgilaridan biri bu patologiya uchun patognomonik bo’lgan impotentsiya 
hisoblanadi. Uning etakchi sababchisi gorsimon tanalardan antegrad qon 
bilan to’liqligining pasayishidir. Jinsiy ojizlik qorin aortasi inter- va 
suprarenal segmentlari zararlangan qorin aortasi yuqori okklyuziyasi 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin