O`quv qo`llanma 158 Sahifa
3. Tomirlarni kengaytiradigan preparatlar: papaverin, noshpa,
nikoshpan, kamplamin, galidor.
4. Antikoagulyantlar: fenilin, pelentan, neodikumarin, sinkumar va b.
O’tkir trombozda geparin, streptaza, streptokinaza va urokinaza ishlatiladi.
5. Qon reologik xossalarini yaxshilash hamda dezagregatsiya
maqsadida aspirin, kurantil, anginin va prodektin qo’llanish maqsadga
muvofiq.
Mikrotsirkulyatsiyani
yaxshilash
uchun
reopoliglyukin
(5-10 infuziya) tayinlanadi.
6. Baroterapiya, diodinamik toklar (Bernar toklari), massaj, vodorod
sulfidli vannalar.
Rekonstruktiv operatsiyalardan keyin bemorlarga 0,5 g dan kuniga
3 marta aspirin, 1 tabletkadan kuniga 3 marta kurantil, yiliga 2-3 marta
1-2 oylik komplamin bilan davolash kurslari va fizioterapevtik davo
tayinlanadi. Davolash fizkulturasi zarur. Tomirlar operatsiyalaridan keyin
bemorlar 1-3 oygacha mexnatga layokatsiz bo’ladilar. Ishemiya
simptomlari barham topgandan keyin bemorlar o’z ixtisosligi bo’yicha
ishlay oladilar: yiliga 2 marta ambulatoriyada profilaktik davo kurslari
oladilar.
Qorin aortasining surunkali okklyuziyalari Qorin aortasining surunkali stenozlari va okklyuziyalari oyoq
ishemiyasi manzarasi bilan o’tadigan og’ir kasalliklar hisoblanadi, ularni
Lerish 1940 yilda yaxshi tasvirlab bergan. Terminal qorin aortasining
stenozlovchi zararlanishlari tug’ma va orttirilgan kasalliklarga bog’liq,
bo’lishi mumkin. Aorta qorin bo’limining gipoplaziyasi va atreziyasini
tug’ma kasalliklarga kiritish mumkin.
Etiologiya va patogenez. Qorin aortasining torayishi va to’liq
obturatsiyasi yallig’lanishsiz o’tadigan va yallig’lanish bilan o’tadigan
orttirilgan kasalliklardan kelib chiqishi mumkin. Yallig’lanishga aloqador
bo’lmagan aorta kasalliklaridan aterosklerozni ko’rsatib o’tish mumkin.
Aortaning intimal sarkoma, qorin bo’shlig’i va genitaliy o’smalaridan
zararlanish imkoniyati juda kam bo’ladi. Aortaning yallig’lanish
kasalliklari orasida uning stenozga uchrashiga zaxm arteriiti, infektsion
arteriitlarning boshqa turlari, shuningdek nospetsifik aortit sabab bo’ladi
(V.S. Smolenskiy, 1964). Tomirlarning obliteratsiyalovchi kasalliklari