Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

 
 


O`quv qo`llanma
130 Sahifa 
QON TOMIR KASALLIKLARI 
 
Xozirgi zamon angiologiyasi o’z ta’sirini kardiologiya, terapiya, 
gastroenterologiya, seksologiya, nefrologiya, transplantologiyaning bir 
qator muammolariga yo’naltiradigan fandir. Angiologiya tufayli yurak 
ishemiyasi, miya, arterial gipertenziya kabi xastaliklarning patogenezini 
qayta ko’rib chiqish imkoniyati yaratildi. Tomirlarning ilgari ma’lum 
bo’lmagan yangi kasalliklari – nospetsifik aorto-arteriit va fibroz-mushak 
displaziya diagnostika qilinyapti va o’rganilyapti. 
Anatomik-fiziologik xususiyatlar 
Bemorlarni tekshirish usullarini yoritishdan oldin arterial tizimning 
ba’zi bir asosiy kasalliklari ustida to’xtalib o’tish zarur. Bular: 
ateroskleroz, nospetsifik 
aorto-arteriit, fibroz-mushak 
displaziyasi, 
obliteratsiyalovchi endarteriit. Ateroskleroz atamasini 1904 yilda Marshan 
taklif qilgan, bu aorta va arteriyalarning o’ziga xos kasalligidir. Bu kasallik 
arteriyalar intimasi ostida lipidlarning o’choqli yig’ilib biriktiruvchi 
to’qima atrofi o’sib qalinlashuvi, kaltsiy yig’ilishi va mediyaning 
o’zgarishi bilan bog’liq: asosiy sabablari – tashqi omillar (xolesteringa boy 
ovqat, xis-hayajonlar, gipokineziya, chekish), genetik moyillik, endokrin 
buzilishlar, modda almashinuvi buzilishlaridir. 


Gospital xirurgiyasi
131 Sahifa 
Ateroskleroz 
patogenezining 
eng 
tarqalgan 
nazariyasi
N.N. Anichkov, G.F. Lang, A.L. Myasnikovlar taklif qilgan 
neyrometabolitik nazariyadir. Gidrofil xolesterin kompleksi yaratilishida 
beqaror lipoprotein komplekslariga – 3/4 qismi lipidlardan iborat beta-
lipoproteidlarga va 1/4 qismi oqsil bo’lgan xolesteringa katta ahamiyat 
beriladi. Ularning tomirlar orqali bunday tashilish usuli ishonchli emas, 
komplekslar erimaydigan lipidlar cho’kishi bilan oson parchalanadi. 
Xolesterinning bu esterlari erimaydigan komplekslar holida arteriyalar 
intimasida to’xtalib qoladi va asta-sekin yig’ilib, uning devoriga o’tadi. 
Urugvay xirurgi Palme tavsiya qilgan gemodinamik nazariyasi nuqtai 
nazardan ateroskleroz sistolik qon to’lqini zarblarining arterial devorni 
surunkali shikastlashi natijasi hisoblanadi. Bu arteriyalarning himoya 
sistemasi o’z vazifasini ado etolmaganda ro’y beradi. Aterosklerozning 
trombogen nazariyasini ingliz patologi Dugayt taklif etgan. Uning 
tadqiqotlariga binoan aortadagi tromblar avval g’ovak, so’ngra kontakt 
fibrindan tashkil topgan. Tromb yuzasi endoteliy bilan qoplanadi, shunga 
ko’ra u go’yo tomir devorining tarkibiy qismiga o’xshab, intimaga joylanib 
olganday bo’ladi. Shundan keyin fibrin kondensatsiyasi va tromb hosil 
bo’lishi yuz beradi. Fibrin yig’ilishi takrorlanadi. Takrorlanish tez yuz 
bersa, fibrinning bir qatlami ikkinchi yangi qatlami bilan aloqaga kirishadi. 
Nospetsifik aorto-arteriit – tomirlarning tizimli kasalligi bo’lib, 
asosiy xususiyati aortada va uning shox tarmoqlarida stenozlovchi, 
anevrizmatik yoki aralash jarayon hisoblanadi. Uni 1956 yilda Savori 
tasvirlagan. Nospetsifik aorto-arteriitning haqiqiy tarixi yapon vrachi
M. Takayasuning 1905 yilda aorta ravog’i tarmoqlari zararlanishining 
klinik tasvirini bayon etishidan boshlangan. Aortitning allergik tabiatini 
hisobga olib, qator mualliflar uning autoimmun kelib chiqishi to’g’risidagi 
taxminni bayon qiladilar. Ayrim mualliflar uni kollagenozlar qatoriga 
kiritadilar, chunki unda kollagenozga xos yallig’lanish reaktsiyalari, 
subfebrilitet, sistem zararlanish, klinik polilorfizm, ayrim musbat 
laboratoriya sinamalari qayd qilingan. Bu kasallikda, odatda, arteriyaning 
birlamchi tashqi qatlamlari zararlanadi, so’ngra jarayon tomirning 
birmuncha chuqur qatlamlariga tarqalib, intimani qalinlashtiradigan 
ikkilamchi yallig’lanish xodisalari yuz beradi.



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin