O`quv qo`llanma 126 Sahifa
Neyro-mushak
simptomlari
gipokalemiya
va
nerv-mushak
o’tkazuchanligini buzulishi hisobiga kelib chiqadi. Bemorlar mushak
bo’shashidan noliydilar, uning darajasi turlicha bo’lib, tez-tez charchashlar,
oyoq mushaklarini egallaydigan bo’sh falajliklargacha olib keladi.
Paresteziya va talsavalar (mushak tortishishi) ko’plab qayd etiladi.
Buyrak
simptomlari
orasida ko’proq poliuriya, nikturiya,
gipostenuriya kuzatiladi. Siydik orqali ko’p miqdorda suyuqlik yo’qotilishi
sababli, polidipsiya (tashnalik) yuzaga keladi.
Arterial gipertenziya – aldosteromaning asosiy, ba’zan esa yagona
simptomidir. Gipertenziya, odatda barqaror kechadi. AQB oshish darajasi
o’rtachadan (160/100 mm Hg) to yaqqol 220-250/120-140 mm Hg gacha
o’zgarib turadi. Ko’pchilik bemorlar yuqori arterial bosim bilan bog’liq
kuchli bosh og’rig’iga shikoyat qiladilar.
Arterial
gipertenziya
yurak
chap
qorinchasining
yaqqol
gipertrofiyasiga olib keladi, gipokaliemiya belgilari paydo bo’ladi. Ko’z
tubi tomirlari zararlanib, ko’pincha ko’rish faoliyati buziladi.
Konn sindromi diagnostikasi kasalliklarning klinik ko’rinishlarini va
laboratoriya tekshiruvlari ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan.
Radioimmun
tahlil
plazmada,
bazal
sharoitlarda
aldosteron
kontsentratsiyasini oshishini va 4 soatlik yurish sinamasidan so’ng uning
parodoksal pasayishi, plazma renini aktivligining kamayishini aniqlaydi.
Biokimyoviy tekshirilishlarda gipokaliemiya, gipernatriemiya topiladi.
Siydik ishqoriy reaktsiyasi muhim diagnostik qimmatga ega bo’lishi
mumkin. Asbob-uskuna yordamida tekshiruv usullari orasida UTT va
KTning ahamiyati katta.
Aldosteromalar kichik o’lchamlarda (1,5-2 sm) bo’lganligi sababli
ularni UTT yordamida taxminan 60% bemorlarda topish mumkin.
Diagnostikaning eng aniq usuli kompyuter tomografiyasi hisoblanadi.
KT da zichliga past bo’lgan (10-14 N+ birligi) tuzilmalar aniqlanadi.
Davolash: bemorlarga adrenalektomiya operatsiyasi bajariladi.
Feoxromotsitoma – katexolaminlar (adrenalin, noradrenalin) ishlab
beradigan xromofin to’qimadan neyroektodermal kelib chiqqan o’sma
bo’lib, ko’proq buyrak usti bezi miya qatlamidan rivojlanadi
(90% hollarda). Feoxromotsitomani (paraganglioma) 10% hollarda buyrak
usti bezidan tashqarida (aksariyat simpatik paraaoratal gangliyalarda,