Samarqand davlat tibbiyot universiteti


Ish kitobini chop qilishda oldidan ko`rish



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə13/56
tarix26.09.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#149058
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
Укув кулланма 2023 Лицие

Ish kitobini chop qilishda oldidan ko`rish
Ish kitobini printerda qog`ozga chop qilishdan oldin uning qog`ozda joylashishini oldindan ko`rish Excel ning juda muhum funksiyalardan biri hisoblanadi. Bu funksiyani ishga tushirish uchun Стандартной uskunalar panelidagi [Предварительный просмотр] tugmani bosish zarur. Yoki menyular satridan Файл bo`limining Предварительный просмотр buyrug`ini ishga tushirish kerak. Bu buyruq ishga tushurilgandan so`ng ekranda quyidagi oyna hosil bo`ladi (1.10-rasm). Ko`zdan kechirishni tugallash uchun undagi uskunalar panelidagi [Закрыть] tugmasini yoki klaviaturadan [Esc] tugmasini bosish kerak.
Ko`zdan kechirish funksiyasida uskunalar paneli o`zgaradi va u Просмотр печати nomi bilan ataladi. Bu uskunalar panelidagi uskunalarni quyida tavsiflaymiz:
[Далее] – navbatdagi sahifani ko`rish imkonini beradi;
[Назад] – oldingi sahifani ko`rish;
[Масштаб] – bu tugmani ishga tushirish yordamida sahifani kattalashtirib ko`rish mumkin. Qayta bosish esa varaqni asl holiga qaytaradi;
[Печать] – oldindan kiritilgan parametrlar bo`yicha hujjatni chop qilish;



1.10-rasm




[Страница] – sahifa parametrlarini sozlash;
[Разметка страницы] - sahifani ko`rish, kerak bo`lganda sahifani o`zgartirish;
[Поля] – maydon chegaralarni namoyish/ko`rinmaydigan qilish;
[Закрыть] – oldindan ko`rish rejimidan chiqish;
[Справка] – ma’lumot olish.


Ish kitobini to`liq chop qilish

Ish kitobini standart parametrlar bo`yicha chop qilish uchun Стандартной uskunalar panelidagi [Печать] tugmasini bosish kerak.


Hujjatning ma’lum bir qismini chop qilish

Ko`p hollarda ish kitobining ma’lum bir qisminigina chop qilishga to`g`ri keladi. Bu holda menyular satrining Файл bo`limi Печать buyrug`idan foydalaniladi. Bu usul yordamida kerakli parametrlar berilgan holda chop qilishda ham foydalaniladi. Agar oldindan ko`rish funksiyasidan foydalaniulayotgan bo`linsa, u holda hujjatning ma’lum bir qismini chop qilish uchun uning Печать tugmasini bosish kerak. Natijada quyidagi muloqot oyna hosil bo`ladi (1.11-rasm).

Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin